Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Milliy valyutaning qabul qilinishi


Download 0.54 Mb.
bet10/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Milliy valyutaning qabul qilinishi.Pul-kredit siyosatining ishlab chiqilishi.Milliy valyuta qadrining oshishi.Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning eng muhimi qat’iy moliya siyosatini o‘tkazish bo‘ldi.Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevraldagi birinchi sessiyasida “…Bank, moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish... birinchi bosqichda muhim o‘rin olishi darkor... Milliy valyutamiz mustahkam bo‘lsagina davlatimiz qudratli, obro‘li, hayotimiz farovon bo‘ladi”, — degan fikr bildirildi.
O‘zbekistonning 1991-1993 yillardagi, ya’ni rubl zonasida bo‘lib turgan davridagi iqtisodiy siyosati ishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiy tizimini takomillashtirishga qaratildi.Siyosiy va iqtisodiy isiohotlarni amalga oshirishning ikki xil tabiatga egaligi, ya’ni bir tomondan siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan yagona rubl zonasida, demak, yagona iqtisodiy zonada turganlik holati O‘zbekiston uchun o‘ziga xos xususiyatga ega davr edi.Bu o‘z navbatida pul-kredit siyosatini belgilashda ham o‘ziga xos yo‘lni ishlab chiqishni taqozo etardi.
Bu boradagi muhim vazifa banklar faoliyatini, ular vazifalarini yangi talab va ehtiyojlar asosida tashkil qilmoq edi.Mamlakatda ikki pog‘onali samarali bank tizimini yaratmasdan turib O‘zbekistonda bozor munosabatlarini yuzaga keltirib, uning xo‘jalik mexanizmini, pul muomalasini qayta qurib bo‘lmasdi.
1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, keyin unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bank sohasini isloh qilish, bozor shart-sharoitlariga mos keladigan bank muassasalarini tashkil etish yo‘llarini belgilab berdi.
Mazkur Qonunga muvofiq, SSSR Davlat Bankining mintaqaviy bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Bankiga aylantirilib, unga banknotalar emissiyasi, hukumat hisob varaqlariga xizmat ko‘rsatish, oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, banklar faoliyatini nazorat qilish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish va boshqa vazifalar topshirildi.
Ushbu Qonun respublika iqtisodiyotini isloh qilishning boshlang‘ich bosqichida qabul qilingan va u o‘sha kunlar voqealari talablariga javob berar edi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling