Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
Download 0.54 Mb.
|
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bolishi uchun o‘z puliga, o‘zining milliy valyutasiga ega bo‘lmog‘i kerak.Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir”
Milliy valyuta — so‘mning joriy qilinishi va moliya sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari uning huquqiy asosini yanada rivojlantirishni, banklar faoliyatining hamma jihatlarini bozor talablariga muvofiq qat’iy belgilovchi alohida qonun ishlab chiqishni taqozo etgan edi.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini inobatga olib hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan izga solish maqsadida Markaziy Bank to‘g‘risida, banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida”, “Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida” alohida Qonunlar qabul qilindi.Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki tomonidan yuqori baholandi.O‘zbekistonda hozirgi vaqtda 20 ta tijorat banki ro‘yxatga olindi va ular ishlab turibdi.1995-yildan ularning 19 tasi aksiyadorlik-tijorat shaklida, 5 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat, 1 tasi kooperativ, 2 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi, 2 tasi davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichlarida o‘tish davrining ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarini bartaraf etishga mo‘ljallangan davlat budjeti 1993 yildan iqtisodiyotni strukturaviy qayta qurish omillaridan biriga, makroiqtisodiy mutanosibliklarni boshqarish va moliyaviy resurslarni mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida jamlash vositasiga aylandi 1994 moliya yili qattiq pul-kredit va budjet siyosatini shakllantirishda burilish bosqichi bo‘ldiki, buning natijasida davlat budjeti taqchilligi 1995 yilda YIM ga nisbatan olganda 3,4 foizdan 2.8 foizgacha pasaydi. Davlat budjetidagi taqchillikning pasayishi ko‘p hollarda o‘tish davridagi eng barqaror daromad manbayi — bilvosita soliqlar mavqeini oshirish evaziga ta’minlandi.Davlat hudjeti daromadlari tuzilmasida bilvosita soliqlarning ulushi umumiy daromadlarga nisbatan olganda 1991 yildagi 0,7 foizdan 1995-yilda 49,3 foizga o‘sdi, 1996 yilda butun daromadning 50 foizdan ko‘prog‘ini aksizlar, G‘G‘S va bojxona bojlari ko‘rinishida belgilash mo‘ljallangan edi. 1995 yil yakunlariga ko‘ra davlat budjetining to‘g‘ri (daromad) solig’idan daromadi 38,5 foizni, shundan korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar daromadining 28,6 foizini, aholi daromadidan olinadigan soliq 9,9 foizni va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati daromadi solig’i esa 0,3 foizni tashkil etdi.Yalpi milliy mahsulotda davlat daromadlari va xarajatlarini umumiy qisqartirish davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich cheklash bozor prinsiplarining amalga oshirilishiga tamomila muvofiqdir.Shunday qilib, bozor islohotining o‘tgan besh yilida davlat budjeti daromadlarining YIM dagi ulushi 49,1 foizdan 37,2 foizga, xarajatlarning ulushi esa 52,7 foizdan 40 foizgacha kamaydi. Strukturaviy qayta qurishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi imtiyozli soliq va kredit siyosati yuritishdagi yordamda ham, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag’ ajratish ko‘rinishida ham amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotga joriy va kapital xarajatlar uchun solinadigan mablag‘larining 1996 yilda kutilayotgan o‘sishi 13,65 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Ijtimoiy xarajatlar ulushi umumiy xarajatlarning 50 foizi darajasida barqarorlashdi, bu hol ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlar rivojlanishini va aniq maqsadga qaratilgan ijtimoiy to‘lovlarni oshirish yo‘li bilan aholining muhtoj qatlamlari va guruhlarining davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri hu pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi. Birinchi Prezident I.A.Karimov 1993 yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan, “Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bolishi uchun o‘z puliga, o‘zining milliy valyutasiga ega bo‘lmog‘i kerak.Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir”, - degan edi. 1994 yil l iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining pul birligi — so‘m muomalaga kiritildi.Shu kundan boshlab respublika hududidagi yagona qonuniy to‘lov vositasi sifatida u barcha turdagi to‘lovlar uchun, shuningdek, bankdagi hisob varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo‘lib qoldi.Keyingi vaqtlarda milliy valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi. Natijada 1995-1996 yillarda pul qadrsizlanishi sur’atlari ancha qisqardi. Umuman, mamlakatda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning, korxonalar va tarmoqlaming moliyaviy ahvoli mustahkamlanishining, aholini va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishning muhim omili bo‘ldi. Jami pul massasining o‘sish sur’ati inflatsiyaga qarshi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida yildan-yilga pasayib bordi.Jami pul massasining o‘sishi 1996-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra 1995 yilning aynan shu davridagidan 7,6 foiz hisobida va 1994 yil darajasidan 2 barobar kam bo‘ldi. Naqd pul massasining o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 1996-yilning birinchi yarim yilligida 1995 yil darajasidan 1,3 marta oz bo‘ldi.Muomalaga naqd pul chiqarish - emissiya ulushi 1995 yildagi 20,7 foiz o‘rniga 15 foizni tashkil etdi. O‘tish davri iqtisodiyotining obyektiv shart-sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda kreditlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirildi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “O‘zDEUavto” avtomobil zavodi singari xalq xo‘jaligining ulkan qurilishlari va boshqalar moliyaviy mablag’ bilan ta’minlash uchun muhim manba bo‘ldi. Respublika iqtisodiyotida pul qadrsizlanishi jarayonlarini bartaraf etish, jami pul massasi tizilmasida korxonalar va tashkilotlar depozitlari, aholi omonatlarining o‘sishi uchun shart-sharoit tug’dirdi.Depozitlar va omonatlarning eng sezilarli o‘sishi 1994 va 1995 yillarga to‘g‘ri keldi.Bunda davlatning barqarorlashtirish siyosati pul qadrsizlanishining yuqori suratlarini pasaytirishga yordam berdi. Tijorat banklarining omonatlar va depozitlarni jalb etishdagi ulushi ortib bordi.Bu esa bank tizimida raqobat muhitining shakllanayotganini o‘zida aks ettiradi.Tijorat banklarining jalb etilgan depozitlar va omonatlar umumiy hajmidagi salmog’i 1993-yil oxiridagi l,5 foizdan 1996-yilning yarmida 24,6 foizgacha o‘sdi. 2007 yilga kelib bank tizimida muayyan ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi — jami bank kapitali l trillion so‘mdan oshdi va u 2000 yilga nisbatan 7,4 marta o‘sdi, bank muassasalari tarmog‘i ikki barobardan ziyod ko‘paydi. Mikrokreditbank tashkil etildi va u o‘tgan qisqa davr ichida kichik biznes subyektlariga 25 milliard so‘mdan ortiq mikrokreditlar ajratdi.Minibanklar tarmog’i jadal rivojlanmoqda, ularning soni bugungi kunda 1800 tadan ortadi. Faktoring va lizing xizmatlari kabi bank xizmatlarining yangi turlari o‘zlashtirilmoqda.Akkreditivlar bo‘yicha xizmatlar, plastik kartochkalar yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, iste’mol kreditlari ajratish, omonatlarning e’tiborni tortadigan yangi turlarini joriy etish va boshqa xizmatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. 1992-1996 yillar mobaynida valyutani boshqarish sohasidagi faoliyat milliy valyutani muomalaga kiritish va mustahkamlash uchun zarur shart- sharoitlarni izchil yaratib berishga qaratildi, valyuta boshqaruvi masalalari bo‘yicha normative baza vujudga keltirildi. 1994 yilning 15 aprelidan boshlab O‘zbekiston valyuta birjasida doimiy savdolar o‘tkazilib kelinmoqda.1994 yili realizatsiya qilingan chet el valyutasining umumiy summasi 16 million 558 ming AQSH dollarini tashkil etdi.1995 yil davomida hammasi bo‘lib 90 marta savdo o‘tkazildi.Bunda valyuta birjasining umumiy oboroti 1 milliard 545 million AQSH dollarini tashkil etdi yoki 1994 yilga qaraganda 14 barobar ko‘p bo‘ldi. Muomalaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997-yildan 200 so‘mlik, 2000-yildan 500 so‘mlik, 2001-yildan 1000 so‘mlik, 2013-yildan 5000 so‘mlik, 2017-yildan 10000 va 50000 so‘mlik banknotlar chiqarildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling