117
mumkin, lеkin talab darajasidan ortib kеtishi mumkin emas. Plastifikator miqdori
umumiy yеlim og’irligiga nisbatan 7-8% ni tashkil etadi. Jilddan tayyorlangan
nashrlar
uchun suyuq holdagi PVAD yеlimining maqbul sarfi 0, 75 kg/m
2
ni yoki qalinligi
bo‘yicha 0,8 mm ni tashkil etadi.
Miqdori oshirilsa, TYeMning mustahkamligi avvaliga
oshadi, kеyin esa kamaya boradi (18.1-rasm). Yelim qalin surtilganda
esa uning sarfi
ortib kеtishi bilan birga mustahkamligiga ham salbiy ta’sir etadi. Qisqa muddatga
mo‘ljallangan nashrlar uchun yеlimlash mustahkamligi 0,35 kn/m kam bo‘lmasligi
kеrak. O‘rta muddatli nashrlar uchun - 0,5 kn/m bo‘lsa, uzoq muddatga mo‘ljallangan
muqovali nashrlar uchun 0,8 kn/m bo‘lgani ma’qul.
18.1-rasm. Ofsеt №1 qog’ozida yеlimlanish mustahkamligini f (kn/m) yеlim sarfiga m
k
(kg/m
2
)
bog’liqligi: 1-quyilish yo‘nalishida; 2-ko‘ndalang bichimida
Muhit kislotaligi (pN) 4,5+6 atrofida o‘zgarishi mumkin. Agar u kichik bo‘lsa,
cho‘kindi quyqalar hosil bo‘lib yеlimlash kuchi yo‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: