1.5.Asbob-uskunalarni tanlash
Loyihalashtirilayotgan laboratoriyaga o‟rnatilishi zarur bo‟lgan asbob-
uskunalar tanlash undagi olib boriladigan sinov turiga va ilmiy-tadqiqot
izlanishlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Asbob-uskunalarni
tanlashda adabiyotlardan, standartlardan va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi
zavod va firmalarning kataloglaridan foydalanish tavsiya etiladi. Birinchi
navbatda, o‟zimizda tayyorlanadigan asbob-uskunalarni, etishmagan taqdirda chet
el asbob-uskunalarini tanlash maqsadga muvofiq bo‟ladi. Ayrim hollarda, yuqori
sifatli ko‟rsatkichga ega bo‟lgan va kam xatolikda ishlovchi asbob-uskunalarni
xarid qilib olib o‟rnatish mumkin. Masalan: Tolani uzunligi bo‟yicha bir tekisligini
sig‟im asosida aniqlovchi «Uster» asbob-uskunai, «Statimat-C» uzish mashinasi
va h.k. bo‟lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |