Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti


Korxona sinov laboriyalarini rekonstruksiya qilish va zamonaviy asbob-


Download 466.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana01.12.2021
Hajmi466.1 Kb.
#178416
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
diplom loyiha ishini bajarish boyicha

1.9.Korxona sinov laboriyalarini rekonstruksiya qilish va zamonaviy asbob-

uskunalar bilan qayta jihozlash 

1.9.1.Ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy 

uskunalar bilan qayta jihozlash 

Korxona  uskunalari  ma‟naviy  eskirganda  yoki  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulot  sifati  va  uskuna  unumdorlik  jihatdan  pasayib  ketganligi,  tannarxining 

ortib  ketishi,  ekologiyaga  salbiy  ta‟sir  ko‟rsatishi,  korxonaning  rekonstruksiya 

qilinishini taqozo etadi. 

Rekontsruksiya  qilishda,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  korxonani  ilg‟or 

texnologiya  bilan  jihozlashni,  ishchilarga  har  tomonlama  qulaylik  yaratilishini, 

kelajakda  to‟qib  chiqarilayotgan  mahsulotning  xaridorgir  bo‟lishi  ko‟zda  tutilishi 

asosiy  maqsad  qilib  qo‟yiladi.  Bundan  tashqari  rekonstruksiya  qilingan  korxona 

kam  ishchi  kuchi  sarflanadigan,  texnologik  jarayonni  boshqarish  avtomatik 

sistemada  TJBAS  ishlaydigan  bo‟lishi  lozim.  SHuning  uchun  birinchi  navbatda 

ishlab turgan korxonaning har tomonlama texnologiyasini, iqtisodiy tomonini tahlil 

qilib chiqish va rekonstruksiya qilish zarur ekanligini asoslab borish kerak bo‟ladi. 

Korxonani  rekonstruksiya  qiluvchi  bu  masalani  korxonaga  kelayotgan 

mahsulotdan  boshlab,  uskunalarning  parametrlarining  to‟g‟ri  o‟rnatilishi  va 

uskunaning holatigacha batafsil tahlil qilib ilmiy asoslashi kerak bo‟ladi. 

Yangi  uskunalar  ishlab  turgan  uskunalardan  unumdorligi  jihatidan  yuqori 

bo‟lishi zarur, buning uchun rekonstruksiya paytida almashtirilayotgan uskunaning 

tezligiga  e‟tiborni  qaratish  lozim.  Uning  maksimal  me‟yoriy  tezligini,  ishlatila-

digan iplar uchun amalda tekshirib ko‟rish va o‟rnatilishi lozim bo‟lgan uskunada 

yuqori maksimal me‟yoriy tezlik o‟rganilishi kerak bo‟ladi. 

Qayta jihozlanayotgan korxonaning iqtisodiy ko‟rsatkichlari chet ellar bilan 

yangi  qurilgan  zamonaviy  qo‟shma  korxonalar  yoki  hududdagi  zamonaviy 

korxonalar  bilan  taqqoslanib,  mahsulot  sifatining  unumdorlikni  oshirishni, 

ishchilar  sharoiti,  sog‟lig‟i  yaxshilanishini,  ishlab  chiqarish  normalarini  me‟yoriy 

parametrlar asosida o‟rnatilishini aniqlab loyiha asoslanadi.  

 


Download 466.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling