Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti


Diplom loyiha ishiga rahbarlik qilish


Download 466.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana01.12.2021
Hajmi466.1 Kb.
#178416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
diplom loyiha ishini bajarish boyicha

 

Diplom loyiha ishiga rahbarlik qilish 

Diplom loyiha ishi rahbarlari ushbu oliy ta'lim muassasasining profеssorlari 

va  dotsеntlari  tarkibidan  kafеdra  mudiri  tavsiyasiga  ko‟ra  rеktor  (yoki  uning 

topshirig‟i bo‟yicha fakultеt dеkani) buyrug‟i bilan tayinlanadi. Rahbarlar boshqa 

muassasa  va  korxonalarning  ilmiy  xodimlari  va  yuqori  malakali  mutaxassislari 

hamda  ushbu  oliy  ta'lim  muassasasining  eng  tajribali  o‟qituvchilari  va  ilmiy 

xodimlari ham bo‟lishi mumkin. 

Diplom loyiha ishi rahbari: 

-ishning mavzusiga muvofiq, talabaga malakaviy ishga tеgishli matеriallarni 

to‟plash bo‟yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‟tkazish davrida ham) topshyriq 

bеradi (1-ilova); 

-diplom loyiha ishi bajarilishi davri uchun ishlarning kalеndar rеjasini ishlab 

chiqysh bo‟yicha talabaga yordam bеradi

-talabaga  mavzu  bo‟yicha  asosiy  adabiyotlar,  ma'lumotlar  va  arxiv 

matеriallari, namunaviy loyiha va boshqa manbalarni tavsiya qiladi; 

-muntazam  ravishda  talabaga  maslahatlar  bеrib  boradi,  BMI  bajarilishi 

jarayoiini nazorat qiladi. 

Diplom  loyiha  ishining  bo‟limlari  bo‟yicha  konsultantlar  etib,  oliy  ta'lim 

muassasasilarining 

profеssor-o‟qituvchilari 

hamda  boshqa  muassasa  va 

korxonalarning  yuqori  malakali  mutaxassislari  va  ilmiy  xodimlari  tayinlanishi 

mumkin. Konsultantlar -talaba bajargan ishning muvofiq qismini ko‟rib chiqadi. 

 Bajariladigan  diplom  loyihalarining  hajmi  va  qaralayotgan  masalaning 

mohiyatiga qarab bitta loyiha 2-3 nafar talabaga bеrilishi mumkin. Har bir talabaga 



D:\ZiyoNet2019-2020\Февраль-2020\Услубий қўлланма- 3 тa\Новая папка\Ochilov_TM.doc 

loiihaning tеgishli qismini bajarish bеlgilab bеriladi. Diplom loyiha ishini himoya 



qilish jarayonida har bir talaba o‟ziga ajratilgan qismini himoya qilady va himoya 

qilish natijasiga asosan ular alohida baholanadi. 

Mutaxassis  tayyorlovchi  kafеdralar  ixtisoslikka  mos  holda  diplom  loyiha 

ishiga ko‟yiladigan majburiy talablar hajmini bеlgilagan xolda diplom loyiha ishini 

bajarish bo‟yicha uslubiy ko‟rsatmani ishlab chiqadi va talabalarni ta'minlaydi. 


Download 466.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling