Toshkent transport universiteti


Protsessual- huquqiy munosabatlar


Download 234.42 Kb.
bet17/19
Sana05.11.2023
Hajmi234.42 Kb.
#1748696
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
yuridik fakt kurs ishi zuhriddin (2)

Protsessual- huquqiy munosabatlar.
Fuqarolarda pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamlar olishga qaratilgan moddiy huquqlardan tashqari, protsessual huquqlar ham mavjud bo’lib, undan protsessual-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi.
Protsessual-huquqiy munosabatlar ma’lum huquqlarning yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, nizolarni hal qilish tartiblariga taalluqli bo’lib, turli shaxslar o’rtasidagi aloqalar xususiyatlarini aks ettiradi.
Ijtimoiy ta’minotga oid protsessual munosabatlar uch turga bo’linishi mumkin bo’lib ular:38
1. Asosiy moddiy huquqlarni yuzaga kelishiga va amalga kiritilishiga huquqiy ta’sir qiluvchi yuridik faktlarni belgilashga qaratilgan protsessual munosabatlar .
2. Pensiya yoki nafaqalar tayinlash, ijtimoiy yordamlar ko’rsatish asoslari mavjud yoki yo’qligini aniqlash, pensiya yoki nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish bilan bog’liq bo’lgan protsessual munosabatlarda insonlarning ish bilan bog'liq huquqlarini tashkil etadi. Bu huquqlar, ishga kirish, ish bilan bog'liq shartnomalar tuzish, ishning to'lov shakli va miqdori, ish faoliyatining sharoitlari, ish haqi va boshqa huquqlarni o'z ichiga oladi. Mehnat qonuni insonlarning huquqlarini himoya qilish, ish bilan bog'liq munaqishalar va munosabatlarni tartibga solish, ishning sharoitlarini aniqlash va ish bilan bog'liq konfliktlarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
3. Ijtimoiy ta’minot huquqini amalga oshirish chog’ida yuzaga keladigan nizolarni hal etish, buzilgan huquqlarni himoya qilishga oid protsessual munosabatlar.39
Ijtimoiy ta’minot huquqlari mavjudligini belgilashga oid bo’lgan munosabatlar, odatda fuqaro bilan quyidagi organlar o’rtasida yuz beradi:
a) nogironlik va uning yuz berish vaqti hamda sabablarini belgilash yuzasidan davlat tibbiy-mehnat ekspertiza organlari bilan;
b) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash yuzasidan-poliklinika, kasalxona yoki boshqa sog’liqni saqlash muassasalari bilan;
d) fuqaroning yoshi, tug’ilishi, vafot etishi, qarindoshlik aloqalari va boshqa faktlarni belgilash yuzasidan –fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limlari bilan;
e) oilaning moddiy ahvolini, daromadlarni belgilash, qaramog’da bo’lganlikni aniqlash kabi holatlar yuzasidan mahalla fuqarolar yig’inlari bilan;
f) ish staji, ish haqi, mehnat sharoitlari va boshqa bir qator masalalar yuzasidan- fuqaro mehnat qilgan korxona va tashkilotlar bilan;
g) hujjatlarni aniqlash va qo’lga kiritish yuzasidan-arxiv muassaalari bilan va hokazo. Fuqaro yuqoridagi protsessual munosabatlarga muomalaga layoqatli bo’lsagina kirisha oladi.
Fuqaro pensiya yoki nafaqa tayinlashlarini so’rab ijtimoiy ta’minot bo’limiga, nafaqa tayinlash haqida mahalla fuqarolar yig’iniga yoki ijtimoiy yordamso’rab boshqa organlarga ariza bilan murojat qilganida ijtimoiy ta’minot huquqidagi ikkinchi toifa protsessual munosabatlar yuz beradi. Bunday protsessual munosabatlar pensiyalarni tayinlash tartibi to’g’risidagi nizomda, nafaqalar tayinlash va to’lashni tartibga soluvchi, ijtimoiy yordqmni u yoki bu turini ko’rsatishga taalluqli bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qo’yiladi.
Nizolarni hal qilish, huquqlarni himoya qilishga oid bo’lgan protsessual munosabatlar , odatda fuqaro bilan muayyan ma’muriy-bohqaruv vakolatiga ega bo’lgan davlat organi (uning mansabdor shaxsi), jamoat organi, sud muassasalari o’rtasida yuzaga keladi. Fuqarolarning ariza, shikoyat va murojatlarini qabul qilib olish, ko’rib chiqish, hal qilishning protsessual tartiblari va muddatlari O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi tahrirda qabul qilingan „Fuqarolarning murojaatlari to’g’rsida“ gi qonunida hamda tegishli davlat yoki jamoat organi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatida ( masalan, ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqilish tartibi) belgilab qo’tiladi.40
Nizolarni sudda ko’rib hal qilishga oid qoidalar (agar ularni sudda ko’rilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lsa) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi hamda boshqa protsessual-qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yiladi.
Protsessual munosabatlar yordamchi xususiyatga ega bo’lib,asosiy huquqlarni ( pensiyaga, nafaqaga, ijtimoiy yordamning boshqa turlariga) ta’minlashga xizmat qiladi hamda asosiy huquqlarning kafolatlanishi va samarali amalga oshirilishi ko’p hollarda protsessual munosabatlarda qonuniylikni ta’minlashga bog’liq bo’ladi.


XULOSA:

Men, kurs ishini avvalo, yuridik fanlar tizimida aloxida o’rin egallagan ''Davlat va huquq nazariyasi.'' fanidan yozishni o’zimga lozim deb topdim. Chunki bo’lajak huquqshunos uchun dastlabki yuridik fundamental bilimlar ''Davlat va huquq nazariyasi.'' fanidan berila boshlanadi. Shuni xisobga olgan xolda, xaqiqiy huquqshunos bo’laman degan shaxs ''Davlat va huquq nazariyasi.''ni puxta o’rganmog’i lozim. ''Davlat va huquq nazariyasi.'' fani huquqshunoslikning nixoyatda boy, serqirra shu bilan birga murakkab, sirli olamga kirishning kaliti bulib xizmat kiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong xamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat va fuqaro o’rtasidagi huquqiy munosabatlar xususidagi muntazam tizimli bilimlar berish bu fanning asosini tashkil etadi.


Kurs ishiga tanlangan mavzu ham juda ham aktual mavzu hisoblanib bu davlat va huquq nazariyasida ham boshqa huquq tarmoqlarda ham o'zining o'rni va ahamiyati bilan qolgan mavzulardan ajralib turadi, yuridik faktni yozish va undagi maʼlumotlarni qidirish jarayonida shunga amin boldimki yuridik fakt bu alohida juda kerakli bo'lgan huquq sohalari ichida bir tarmoqning ikkinchi tarmoqqa bog’lab beruvchi bo’g’ini sifatida gavdalandi, yaʼni yuridik fakt bu hamma huquqiy munosabatlarning paydo bo'lishiga ularning yangilanish, yakunlanishiga zamin etuvchi omil sifatida jalb etish uchun asosiy vosita hisoblanadi.
Umumiy xulosa o'rnida shuni aytish lozim har bir huquqiy munosabatlarni rivojlantirish uchun yuridik faktning o’rnini oshirilishi juda ham muhim deb hisoblayman. Chunki yuridik faktni rivojlantirish orqali nafaqat huquqiy munosabatlarda ta’kiladigan muammolarni bartaraf etadi balki bu jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini rivojlantirishga ham ancha katta foyda kelib chiqadi.
Buning asosiy sababi yuridik fakt bu barcha insonlarga tegishli bo'lgan ularning tug’ilishidan to o'limiga qadar yuzaga keladigan huquqiy holatlarning majmuidir, shu sababli nafaqat yurishda balki oddiy insonlar ham yuridik faktning mazmun va mohiyatini anglab yetishi ular tomonidan huquqiy itoat qilishi va o'zlarining xalq ularni talab qilish imkoniyatini yanada oshiradi.
Menga topshirilgan kurs ishi mavzusi nihoyatda muhim bo’lib bu davlat va huquq nazariyasida balki boshqa huquqshunoslik fanlarida ham muhim o’rinda turadi. Shu uchun ushbu mavzuni oʻzlashtirish yuzasidan ozimni shaxsiy xulosalaridan kelib chiqib quyidagi taklifni berib ushbu yuridik faktni rivojlantirishga oʻz hissamni qo’shmoqchiman.

Download 234.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling