Toshkent tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i pedagog xodimlarning malakasini oshirishga yuborish to‘g‘risida
Download 54.4 Kb.
|
10-15 aprel MO
TOSHKENT TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I Pedagog xodimlarning malakasini oshirishga yuborish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i va Toshkent viloyati Pedagog xodimlar malakasini oshirish milliy markazi direktori tomonidan tasdiqlangan “Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2023-yil (yanvar-dekabr)da tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga ta’lim muassasalari rahbar, mutaxassislar va pedagog xodimlarni jalb etish rejasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1 Toshkent viloyat pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga 2023-yil aprel oyida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga ta’lim muassasalari rahbar, mutaxassislar va pedagog xodimlarni jalb etish rejasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.Toshkent viloyat pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga 2023-yil 10-apreldan 15-aprelgacha reja asosida pedagog xodimlar 1-ilovaga asosan malaka oshirishga yuborilsin. 3.Tuman xalq ta’limi bo‘limi pedagog xodimlar salohiyatini oshirishni tashkil etish bo‘yicha metodist (G.Xasanova) zimmasiga: 4.2023-yil aprel oyi uchun mo‘ljallangan malaka oshirish rejasini to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida belgilangan muddatlarda pedagoglarning ro‘yxatdan o‘tishi nazorat qilish vazifalari yuklatilsin. 5.Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish mudir o‘rinbosari A.Tojiyev zimmasiga yuklatilsin. Download 54.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling