Тошкент вилояти чдпининг 2-олий таълим 3-курс талабаси Бабанов Дониернинг


Download 20.55 Kb.
Sana01.12.2021
Hajmi20.55 Kb.
#178451
Bog'liq
Бабанов Дониер12


Тошкент вилояти

ЧДПИнинг 2-олий таълим 3-курс

талабаси Бабанов Дониернинг

ёрдамчи тарих фанидан 12-топширикга жавоб

12-mavzu. Yordamchi tarix fani sohalari
Quyida keltirilgan yordamchi tarix fani sohalarining har biriga tarif bering va misollar keltiring.

1. Sfragistika

2. Geneologiya

3. Toponimika.

4. Etnografiya

5. Geraldika

6. Antropologiya

7. Arxeologiya

8. Epigrafika

1.Sfragistika --- (yun. sphragis — muhr) — tarix fanining muhrlarni oʻrganadigan sohasi. 18-a. da diplomatiyaning boʻlimi sifatida shakllana boshlagan. Vazifasi hujjatlarni tasdiqlashdan hamda ularning haqiqiyligini aniklashdan iborat boʻlgan. 19-a. oxiridan Sfragistikaning qad. davlat muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi tarixini oʻrganadigan fan sifatidagi yangi davri boshlangan. Sfragistika davlat apparatidagi islohotlarni aks ettiruvchi muxrlarni xronologik tavsiflash asosida rivojlanib bordi. Sfragistika materiallari amaliy sanʼat, geraldika, numizmatika, onomastikani oʻrganishda, qad. arxivlarni aniqlashda muqim manbadir. Muhrni 10 — 15-a. larda faqat oliy hokimiyatdagi kishilar qoʻllagan va oʻz tipik belgilari bilan knyaz, yepiskop (Rossiya), shahar hokimi, mingboshi, noib, qozi, muftiy muhri (Oʻrta Osiyo) va b. ga boʻlingan(yana q. Muhr).


2. Geneologiya — шажара) — ёрдамчи тарих фанларидан бири (17—18-а. ларда вужудга келган). Билимларнинг амалий соҳаси, шажаралар тузиш. Уруғ ва оилаларнинг келиб чиқиши, айрим шахслар тарихи ва қариндошлик алоқаларини ўрганади (қ. Шажара).генеалогия ж genealogiya (1 nasl-nasab tarixi, nasl-nasab tarixi, nasobnoma, shajara, silsila; 2 nasabshunoslik, tarix fanining ayrim urugʻ tarixini, nasl-nasabini oʻrganadigan yordamchi boʻlimi).



3. Toponimika ----- (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo boʻlishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va oʻzgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi boʻlimi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma soʻzlar singari til qonuniyatlariga boʻysunadi, lekin oʻzining paydo boʻlishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador boʻlib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saklangan boʻladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.T. geogr., tarix, etn. bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va boshqalar)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki baʼzi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni oʻzgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, koʻpincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. T. xalklarning tarixiy oʻtmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning oʻtmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yoʻllari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga koʻra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi T.ning amaliy jihati hisoblanadi.Toponimlar yirik yoki mayda obʼyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta obʼyektlar (materiklar, okeanlar, togʻlar, choʻllar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik obʼyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, koʻchalar, qoʻrgʻonlar va shu kabi) ning atokli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki koʻpincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.Turli xil geografik obʼyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda T.ning quyidagi boʻlimlari ajratiladi: gidronimika — suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, koʻl kabilarning nomlarini oʻrganuvchi soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, koʻcha, ovul, qoʻrgʻon nomlarini oʻrganuvchi soha; oronimika — yer yuzasining relyef shakllari: tof, choʻqqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday obʼyektlar nomlarini oʻrganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi obʼyektlar (osmon jismlari) nomlarini oʻrganuvchi soha va boshqaSoʻnggi 40—45 y. ichida T.ning nazariy va amaliy asoslari ishlab chikdldi, T. sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P. Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O. N. Trubachev, oʻzbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. Begmatov, T. Nafasov, S. Qorayev, 3. Doʻsimov va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Oʻzbekiston toponimiyasi 20-asrning 60-yillaridan ilmiy asosda oʻrganila boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Margilon, Qoʻqon, Buxoro, Boysun, Mirzachoʻl, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, T.ga oid bir necha lugʻatlar, risola va monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar maʼnosi" (1978), 3. Doʻsimovning "Xorazm toponimlari" (1985), T. Nafasovning "Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari taʼbiri" (1994) va boshqa shular jumlasidandir.Bilamizki, nom bu dunyodagi barcha insoniyatning, xalqning ma’naviyati va ma’rifatini belgilovchi asosiy vositalardan biridir.Bu haqda Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” nomli dostonida “Kishi mangu emas, uning nomi mangudir, odamdan uning nomi mangu yodgorlik bo‘lib qoladi” degan misralarni yozgan.“Yer tili” hisoblangan geografik joy nomlarini, ularning kelib chiqishi, ma’nosi, o‘zgarishi, talaffuz qilinishi va to‘g‘ri yozilishini toponimika fani o‘rganadi. Toponim so‘zi yunoncha “topos” - joy, “onoma” - nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, “joy nomi” degan ma’noni bildiradi. Toponimika – tilshunoslikning nomlarni vujudga kelishi, uning qonuniyatlari, rivojlanishi va amal qilishini o‘rganuvchi bo‘limidir.Toponimiya – toponimlarning (geografik ob’ektlar nomlarining, geografik nomlarning) ma’lum hudud – tuman, viloyat, geografik region, tarixiy joy chegarasida amal qiluvchi majmuasi.Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyat tarixida bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalar joy nomlarida muhrlanib qolgan. Ko‘pgina geografik nomlar joylarning tabiiy sharoiti, ya’ni relefi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, aholining xo‘jalik faoliyatidan ham axborot beradi.

4.Etnografiya (etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808 yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini anikdashda E. bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.Xalqlarni oʻrganishda E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari, oilanikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi.Oʻzbekistonda E. fani. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar toʻgʻrisidagi eng qadimiy etn. maʼlumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi.Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va marosimlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da ham koʻrish mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-asrlardan arab istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga tegishli maʼlumotlarni qadimiy axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, sugʻdiy, xorazmiy, baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining oʻrta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz. Ilk oʻrta asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Masʼudiy, Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si boʻyicha qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirganlar.

5..Geraldika (lot. heraldus — jarchi, gerold) — gerbshunoslik. 19-asrning 2-yarmidan gerblarni oʻrganuvchi yordamchi tarix fani; Dastlab 13-19-asrning l-yarmigacha dvoryan, sex va yer mulklarining gerblarini tuzish bilan geroldlar shugʻullanganlar (G. atamasi shundan olingan). 14-asrdan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish odat tusiga kirgan. G. moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni oʻrganadi, milliy anʼanalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrganishda yordam beradi va b. Arxeologik qazishlar Oʻzbekistonda ham qadimdan muhrlar, tangalar va buyumlarga shahar, davlat, urugʻ yoki hunarmandchilik uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganini koʻrsatadi. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush madaniyati va sanʼatini oʻrganishga, davlatlar va sulolalar tarixini oydinlashtirishga xizmat qiluvchi manbalardan biridir. G. genealogiya, numizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar bilan aloqador. G. maʼlumotlari tarix fanining boshqa sohalarida ham qoʻllaniladi (yana q. Davlat gerbi).



6.Antropologiya – (antropo … va … logiya) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining pay-do bo‘lishi, odamning tana tuzilishida-gi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A. ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.A.ga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. A.ning muhim sohasi – odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi – „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom bilan 20-asr o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat ta-biat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan. A.ning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytgan-da, A. quyidagi uchta katta bo‘limdan ibo-rat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropoge-nez; 3) irqshunoslik (etnik A.)- Morfo-logiya odamning jismoniy tuzilishida-gi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irklarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. A. o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antro-pometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. A. biol. fa-nining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismo-niy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham ta-rixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-yillarda rivoj-landi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va do-imiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turki-ston bo‘ylab 29 antropologik ekspedi-siyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natija-sida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sir-daryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va to-jiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri – yevropeoid irqining „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A. I.Yarxo bu irqni „Pomir-Farg‘ona tipi“ deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, 565hoz. zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ning shak-llanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 – 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-asrda shakllandi deb hisoblar edilar.

7. Arxeologiya – (grek. ἀρχαίος – qadimgi va λόγος – soʻz, oʻrgatish) – qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Arxeologiya so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va o‘lkashunoslari boshlab berdi. 1895 yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu to‘garak nazoratida olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta bo‘ldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Mahalliy xalq o‘rtasida o‘z vatanining o‘tmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to‘plovchi havaskor o‘lkashunoslar paydo bo‘ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) o‘rganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh g‘oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O‘zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo‘lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O‘zFA Arxeologiya bo‘limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga bo‘lib o‘rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalari katta rol o‘ynadi. 50-yillarda O‘zbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqo‘rg‘onlarniArxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy man-balar bo‘lib, ularni o‘rganish bilan kishilik jamiyatining o‘tmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixga-cha bo‘lgan eng qadimgi davrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar bo‘yicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr yodgorliklari; 4) qadimgi mudofaa insho-otlari; 5) qadimgi suv inshootlari; 6) qadimgi Mozor-mo‘la va o‘balar; 7) qadimgi me’morlik yodgorliklari; 8) qadimgi hujjatlar; 9) o‘rta asr shahar va rabotparnnnng harobalari; 10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va o‘rta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.

8.Epigrafika (yun.— bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimiy va oʻrta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni toʻplash, nashr etish va sharhlash bilan shugʻullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimiy bitiklar aytiladi. Uygʻonish davrnda, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab E. faqat Italiya, Gretsiya, Shim. Afrika va Falastinda topilgan qadimiy yozuvlarni oʻrgangan (qarang Paleografiya). qadimiy turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (qarang Urxun-Yenisey yozuvlari).
Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling