Toshkent viloyati Chinoz tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdan tashqari pedagogika kengashi bayonnomasi


Download 15.76 Kb.
bet2/2
Sana16.11.2023
Hajmi15.76 Kb.
#1777795
1   2
Bog'liq
ommalashtirish pedkengash 09.11.2023

Kotibi: A.A.Jumanova


Toshkent viloyati Chinoz tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang`ich ta`lim uslubiy birlashmasining yig`ilish
BAYONNOMASI
Chinoz tumani 2023-yil 8-noyabr


Qatnashdilar: Barcha uslubiy birlashma a`zolari
Kun tartibi:



  1. 1-chorakda metodbirlashma faoliyatida uchragan kamchiliklar va 2-chorakdagi vazifalar

  2. Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish va “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash ahvoli.

3.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sadillaeva Asel Ravshanbek qizining ish tajribasini maktabda ommalashtirish

Kun tartibidagi masala 1-masala bo`yicha A.Sadillayeva so`zga chiqib, III chorak yakuni bo`yicha har bir boshlang`ich sinf o`qituvchilarinin hisobotlari olinganligini , 2-masala bo`yicha har hafta tumanda tashkil etilgan seminarda ishtirok etib, unda berilgan topshiriqlar yuzasidan maktabda seminar o`tkazganligini va vazifalarni bajarayotganligini aytib o`tdi. 3-4-sinf o`quvchilaridan Stesting platformasida TIMSS va PIRLS test natijalari aytib o`tildi.


Kun tartibidagi 3-masala bo‘yicha Sultonxo`jayeva Asiya Patshaxanovna so‘zga chiqib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sadillayeva Asel Ravshanbek qizining ish faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shu bilan birga ushbu o‘qituvchining intizomli, mehnatkash xodim ekanligi, doimiy ravishda o‘z ustida ish olib borib, pedagogik malakasini oshirib borayotgani, izlanuvchanligi, ijodkorligi va darslarni o‘tish jarayonida turli xil innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib samarali natijalariga erishayotganligi, shuning natijasida o‘zi dars berayotgan o‘quvchilarning bilim sifati va samaradorligi oshishiga sabab bo‘layotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Djumaboyeva Jannatoy Axmedjanovna so‘zga chiqib Sadillayeva Asel Ravshanbek qizining darslarini ko‘p marotaba tahlil qilganligini va uning dars jarayonida qo‘llayotgan “Globoalfavit”, “Enerjayzer (Uch bo`g`inli so`z)”, “Beshinchisi ortiqcha”, ,,Grafik test”, “O`zimni tekshiraman” rasmli diktant” , “O`quvchilar idrokini rivojlantiruvchi o`yinlar” , “Zanjir”, “Musobaqa”, “Davrlar almashinuvi stuli” , “Qarsak usuli” , “Meni takrorlab to`pchani ol”, “Magnit ”, “G`aram , tepalik,so`qmoq” metodi , mashg`ulot va o‘yinlari va boshqa usullari yuqori samara berayotganligini aytdi.Uning mahorat darslaridan noana’naviy usullardan foydalanib, maktabdagi faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘rnak bo‘layotganligini aytib o‘tdi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga metodik yordam sifatida ona tili va o`qish savodxonligi fanidan ,,Yozuvning tarixi” mavzusini mustahkamlashda o‘quv dasturi bilan ish tajribasini maktabda ommalashtirishga tavsiya bildirdi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib pedagogika kengashi


QAROR QILADI:
1.III chorak yakunlari qoniqarli deb topilsin.
2. Maktabning 3-4-sinf o‘quvchilarini o‘qish savodxonligi bo‘yicha (TIMSS, STEM, PRILS) xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik iahlari kuchaytirilsin.Stesting platformasi testlari qayta ishlash nazoratga olinsin.
3. Maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Djumaboyeva Jannatoy Axmedjanovnaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sadillayeva Asel Ravshanbek qizinining ish tajribasini maktabda ommalashtirish uchun maktab pedagogik kengashiga taqdim qilinsin.
Yig`ilish raisi: A.R.Sadillayeva
Kotibi: G.R.Kadirkulova
Download 15.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling