8. To‘garak faoliyatini moliyalashtirish
To‘garak faoliyatini tashkil qilish va uni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar o‘rnatilgan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Korxonalar va tashkilotlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning to‘garak tashkil qilish va uni moliyalashtirish to‘g‘risidagi takliflari amaldagi qonunchilik asosida hal qilinadi.
To‘garak faoliyati uchun zarur moliyaviy mablag‘lar Instituti tomonidan, quyidagi moddiy mablag‘lar asosida shakllantiriladi:
- ta’lim xizmatlari (kompyuter xizmati va o‘quv kurslari, til o‘rgatish kurslari va boshqa) va treninglar;
- To‘garak; (tikuv-bichish, pazandachilik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqa)
- ta’lim muassasalarida shartnoma asosida lektoriylar o‘tkazish;
- shartnoma asosida o‘quv-uslubiy ishlamalar yaratish;
- badiiy, hujjatli filmlar namoyish etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
- homiylik mablag‘lari;
- amaldagi qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
Shakllantirilgan moliyaviy mablag‘lar Institutining hisob raqamiga tushiriladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan sarf-harajatlar smetasi asosida ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |