TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULITETI “PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” TA’LIM YO’NALISHI 19/1 GURUH TALABASI JUMABAYEV JAMSHIDBEK BOBOMURODOVICH NING IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANIDAN “IJTIMOIY –PEDAGOGIK FAOLIYATDA XALQ PEDAGOGIKASI MANBALARIDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDAGI KURS ISHI TAQDIMOTI ILMIY RAHBAR.”PEDAGOGIKA VA MENEJMENT” KAFEDRASI KATTA O’QITUVCHISI S.M.ABDUXAMIDOV
Mundarija
1bob Ijtimoiy pedagogik faoliyatda xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanish
1.1 Ijtimoiy pedagogik faoliyatda xalq peagogikasi
.
1.2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat
2bob Ijtimoiy pedagogik faoliyatda xalq pedagogikasi manbalari
2.1. Xalq pedagogikasi manbalari turlari
2.2. Xalq pedagogikasi kelib chiqishi
2.3 Xalq pedagogikasi manbalarining mazmuni
UMUMIY XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR
- Kirish Xalq pedagogikasi mazkur xalq paydo bo’lgan kundan boshlanib, nihoyatda keng qamrovli va serjilo, serqirra bo’ladi.
- Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va Qur’oni Karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan.O’zbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo’lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi. Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim o’rin tutadi. Masalan, dov-daraxt, tog’-tosh, parranda-darrandalarga bag’ishlangan folklor namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |