Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Piaget’s emphasis on how the child’s mind grows through interaction with the physical environment is complemented by Vygotsky’s


Download 1.33 Mb.
bet11/59
Sana22.09.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1684967
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Piaget’s emphasis on how the child’s mind grows through interaction with the physical environment is complemented by Vygotsky’s emphasis on how the child’s mind grows through interaction with the social environment. If Piaget’s child was a young scientist, Vygotsky’s was a young apprentice. By mentoring children and giving them new words, parent, and others provide a temporary scaffold from which children can step high levels of thinking.2
J.Piaje tadqiqotlari bolaning tafakkuri va nutqi hamda uning mantiqi va dunyoqarashi haqidagi ta`limotini rivojlanishida butun davrni tashkil qilgan. Ular tarixiy ahamiyatga egaligi xususida L.S.Vigotskiy J.Piajening ilk ishlaridayoq yozgan edi. Eng muhimi shunday iboratki, J.Piaje bola kattalarga nisbatan “esi pastligi” va kattalar intellekti bilan taqqoslaganda bolaning tafakkuri miqdoriy kamchlikka egaligi yondashuvidan voz kechib, bolalar tafakkurini sifat jihatdan o’ziga xosligini tadqiq qilish vazifasini birinchi bo’lib qo’ygan. T.Simon laboratoriyasida ishlayotib yosh J.Piaje bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagilar nutqiga ko’proq ahamiyat qaratgan, uni ayniqsa test savollariga javob berishidagi takrorlanuvchi xatolar qiziqtirgan bolalar bog`chasi sharoitida tadqiqot o’tkazilib, unda kuzatuvchilar erkin faoliyat (rasm chizish yasash yoki o’yin davomida bolalarning barcha aytgan fikrlari va bajaradigan harakatlarini tizimli ravishda qayd qilib borganlar. J.Piaje taxminiga ko’ra, bolalar fikrlarini ikkita guruhga bo’lish mumkinligini ko’rsatadi. Suhbatdoshini javob qaytarishiga manfaatdorligi xarakterlanadi, uning vazifasi suhbatdoshga ta`sir ko’rsatish.
1. Ijtimoiylashgan nutq darajalari kategoriyalari axborot, tanqid, buyruq, iltimos, taqlid, savol, javob.
2. Egotsentrik nutq shakli bo’yicha bu fikrlar har xil bo’lishi mumkin takrorlash exolomiya monolog jamoaviy biroq umumiyligi suhbatdoshining nuqtai-nazari qandayligi, uni tinglayotganligi bilan qiziqmay bola ayni damda nimani o’ylayotgan bo’lsa shu haqida o’z fikrini bildiradi. Egotsentrik nutq vazifasi ta`sirliroqdir- “Suhbatlashishdan qoniqish” harakatlarni kuzatilishi va ritmliligi J.Piaje bolaning erkin nutqida egotsentrik nutq hissasini o’lchab ko’rib, ilk yoshda egotsentrik nutq koeffitsenti yuqoriligini -75% 6-7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniqlagan. Ta`kidlarning oddiy to’qnashuvini emas balki tomonlarning o’zaro tushunishi va tushuntirishga manfaatdorligi bilan kuzatiladigan nuqtai-nazarlar almashinuvini o’zida namoyon qiluvchi bahs-munozara faqatgina 7-8yoshga kelib yuzaga keladi.
J.Piaje egotsentrik nutq faktlarida bolalar fikrini sifat jihatidan o’ziga xosligining muhim isbotini ko’rgan. J.Piaje fikriga ko’ra, kuzatish metodi intellektual testlar bolalar fikrini o’ziga xos xususiyatlarini ochishga qodir emas. Test tekshiruvi vazifani hal etishning pirovard natijasinigina qayd etgan J.Piaje esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tafakkurining ichki tuzilishigacha kirib borishga harakat qilganini J.Piaje yangi metodni klinik yoki suhbat metodi ishlab chiqqan. J.Piajening klinik suhbat metodini bu bola bilan qayd qilingan me`yoriy savollar bilan chegaralanib qolmay erkin subatlashishidir. Eksperimentator va bolaning muloqotini mazmuni tabiat hodisalari tushlar, axloqiy me`yorlarga taalluqli bo’lgan. Kundalik hayotda bolalar o’zlari ko’pincha kattalarga beradigan savollardan iborat edi. “Osmonga quyosh qaerdan kelgan, nima uchun quyosh qulamaydi, u qanday turibdi, nima uchun quyosh porlaydi, nima uchun shamol esadi, shamol qanday qilib hosil bo’ladi, odamlar qanday qilib tush ko’radilar”. Klinik metod bu- puxta amalga oshiriladigan ma`lumotlarni aniqlash nutq va aqliy rivojlanishning yoshga bog`liq kesimidir. Tadqiqotchi savollar berib, bolaning fikr-mulohazalarini tinglaydi. Bolaning har bir oldingi javobidan bog`liq bo’lgan qo’shimcha savollarni keyin beradi. U bola holatini nima aniqlashi uning bilish faoliyati tuzilishi qandayligini aniqlashi nazarda tutadi. Klinik suhbat davomida bola reaktsiyasini noto’g`ri talqin qilish ayni damda kerakli bo’lgan savolni topa olmay gangib qolish yoki aksincha kutilayotgan javobni singdirish xafi har doim mavjud bo’ladi. Klinik suhbat o’ziga xos san`atni so’rov qilish san`atini aks ettiradi. J.Piajening birlamchi go’dakning autizmdan kattalarning amaliy ijtimoiylashgan tafakkuriga o’tishini ta`minlovchi tafakkurning oraliq shakli egotsentrik tafakkurini aniqlanganligida edi. J.Piaje psixoanalizmida autistik va ijtimoiylashgan fikrlar farqini o’zlashtirib olgan. Autistik fikr hohishni ehtiyojni qondirishga intilish bilan boshqariladigan individuallashtirilgan yo’nalmagan ongsizlikdir obrazlarda aniqlanadi. Ijtimoiylashgan ongli yo’nalgan fikr ijtimoiy bo’lib, anglangan ongli maqsadlarga intiladi, voqealikka uyg`unlashadi, tajriba va mantiq qonunlariga bo’ysunadi. Nutqda ifodalanadi, egotsentrik tafakkur – irsiy, funktsional tuzilmaviy nuqtai nazarlardan rivojlanishidagi oraliq shakldir. Bolalar tafakkurining asosiy o’ziga xos xususiyati sifatida xususiyati sifatida egotsentrizm olam haqida faqatgina o’zining bevosita fragmental va nuqtai-nazardagi fikrida turadi va boshqalarnikini hisobga olmaydi. J.Piaje tomonidan egotsentrizm bilishning anglanmagan tizimli illyuziyasining bir turi bolaning yashirin aqliy aqliy yondashuvi sifatida ko’rib chiqilgan. SHu bilan birga egotsentrik taffakur – tashqi olam ta`sirining murakkab belgisi bu o’z manbalarida faol bilish yondashuvi aqlning boshlang`ich bilish markazidir. J.Piaje egotsentrizmni bolalar tafakkurining barcha boshqa o’ziga xos xususiyatlarini asosi sifatida ildiz sifatida talqin qiladi, egotsentrizmni bevosita kuzatuvda aniqlab bo’lmaydi, u boshqa fenomenlar orqali namoyon bo’ladi. Ularning orasida bolalar tafakkurining xususiyatlari mavjud: realizm, animizm, artifikalizm va realizm. Rivojlanishning ma`lum bir bosqichida bola predmetlarni ular qanday bevosita idrok qilsalar ana shunday idrok qilsalar ana shunday talqin qiladilar masalan sayr davomida oy bolani kuzatib boradi realizm intellektual bo’ladi, shamol daraxt shoxlarini yasaydi predmetning nomi predmetni o’zi kabi shu qadar aniq predmet ko’rinishi ochiq oydin va bola buyum haqida nimani bilsa barchasini qamrab oladi. Axloqiy realizm bola xatti-harakatlarida ichki maqsadni inobatga olmay u haqida faqat pirovard natijaga qarab fikr yuritishida namoyon bo’ladi. Masalan, kim ko’proq piola sindirgan bo’lsa ana shu ko’proq aybdor bo’ladi ya`ni bittasi yordam berishni hoxlab, tasodifan idishni qo’lidan tushirib yuborgan bo’lsa ikkinchisi, g`azablanib atayin idishlarni sindirgani hisobga olinmaydi.
Animizm umumiy ruhlantirish, ong va hayot, his-tuyg`ular bilan buyumlarni taqsimlashni birinchi navbatda mustaqil harakatlanuvchilarni masalan, bulut, daryo, oy, avtomobil ulov o’zida namoyon qiladi.
Artifikalizm tabiat hodisalarini inson faoliyati bilan taqqoslab tushunishdir barcha mavjudlik inson uchun yoki uning irodasiga ko’ra inson tomonidan yaratilgan sifatida talqin etiladi quyosh bizga yorug` bo’lishi uchun, ko’l kemalar suzishi uchun. J.Piaje tomonidan bolalar mantiqining o’ziga xos xususiyatlari ajratilgan ro’yxat orasida -sinkretizm bolalar tasavvurining sub`ektivligi va dolzarb umumiyligi, barcha bilan barchani bog`lash fikri, tendentsiyasi bir-biriga yaqin sifatida tafsilot, sabab va oqibatlarni idrok qilish;

  • transduktsiya umumiylikni chetlab xususiydan xususiylikka o’tish;

  • sintez va o’z holatiga qobiliyatsizligi fikr-mulohazalar o’rtasidagi bog`liqlikni mavjud emasligi;

  • qarama-qarshilikka sezgir emaslik;

  • o’zini o’zi kuzata olmaslik;

  • anglashdagi qiyinchiliklar;

  • tajriba uchun sir boy bermaslik bola tashqi ta`sirlar, tarbiyadan ayrim izolyatsiya qilinmagan, lekin unda bu o’zlashtirilgan va shakli o’zgargan.

Barcha bu xususiyatlar bola mantiqini belgilovchi kompleksni yig`indini kompleks asosida esa egotsentrik nutq va tafakkurni hosil qiladi. A.Binening uch aka-ukalar haqidagi vazifani hal etish jarayonida bolalarda egotsentrizmning yaqqol namoyon bo’lishi kuzatiladi. SHunday qilib oilada uchta aka-uka Mitya, Vova, Sasha bo’lsa-yu va Sashadan uning nechta akasi borligi so’ralganda, u o’zining ikkita akasini Mitya va Vova aytib, to’g`ri javob beradi. Keyin Mityada nechta ukasi borligi aniqlashtirilganda odatda olti-etti yoshgacha bola yanglishadi. Bitta Vova deya javob berdi vaholanki, to’g`ri javob uchun u xayolan o’rnini pozitsiyasini o’zgartirishi zarur edi akasi Mitya o’rnini egallashi kerak buni esa u uddalay olmaydi.
Bolaning egotsentrik holatini yaqqol namunasi sifatida uch tog` maketi bilan bog`liq bo’lgan eksperiment xizmat qiladi. Bola uchta har xil rangdagi va qo’shimcha farqlanuvchi belgilardagi qorli cho’qqi, uycha, daraxt tog` maketlari joylashtirilgan stol qarshisiga o’tiradi. Boshqa tomonda qo’g`irchoqlar joylashtirilgan. Boladan (topshiriq variantlaridan birida) unga havola etilgan nusxalardan tog` ko’rinishi tasvirini qo’g`irchoq ularni qanday ko’rayotgan bo’lsa, huddi shunisini topish so’ralgan, 6-7yoshgacha bolalar o’zlari nimalani ko’rsalar, u aks ettirilgan suratni tanlashga moyildirlar. J.Piaje “Egotsentrik illyuziyaning bu fenominini boshqa nuqtai-nazarlar mavjudligi va ularni o’ziniki bilan solishtirib bo’lmasligi tasavvurlarning mavjud emasligi bilan tushuntirgan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan pozitiyasi (holati, yondashuvi) sifatida egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bolalar faoliyatining o’ziga xos xarakterida (masalan ota-onaning g`amxo’rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan bajarib qo’yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi) bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7-8 yoshdan oldinroq moslashmasligida ko’radi.
Egotsentrizmni bartaraf etish uchun sub`ekt sifatida o’z “Men”ini anglash va ob`ektdan sub`ektni ajratish boshqalar bilan o’z nuqtai-nazarini muvofiqlashtirishga o’rganish zarur. Egotsentrizmni pasayishiga yangi bilim qo’shilmasdan balki oldingi yondashuv o’zgarganligi bilan izohlanadi.
Kattalar bilan munosabat- ko’proq majbur qilish munosabatidir u bolani o’z sub`ektivligini anglashiga olib kelmaydi. O’zi haqidagi bilimlarni rivojlantirishi ijtimoiy o’zaro ta`sirdan sodir bo’ladi, bu munosabatda bolaning tengdoshlari bilan hamkorlik qilish juda muhimdir. Bunday tarzda asta-sekin bilish tendentsiyasi (markaziy ba`zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bo’lib ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni siqib chiqaradi va egotsentrik nutq yo’qolib, yo’q bo’lib ketadi.
J.Piaje qarashlarini L.S.Vigotskiy tomonidan tanqidiy tahlili J.Piajening egotsentrik nutq vazifasi va taqdiri haqidagi farazidan gumon qilib, L.S.Vigotskiy rus psixologiyasida birinchi bo’lib bolalar egotsentrizm fenomenining nazariy tahlili va ekspermental tadqiqini (o’tkazgan) ochib bergan. L.S.Vigotskiy bolaning rivojlanishida egotsentrik nutqni yuzaga kelishi haqida o’z farazini taklif qilgan. U egotsentrik nutqni “o’zi uchun nutq” sifatida tashqi ijtimoiy nutqdan ichkiga o’tish bosqichi sifatida talqin qilgan.
Bundan kelib chiqib ichki nutq rivojlanishining boshlang`ich shakli sifatida egotsentrik nutqning tuzilish shakli sifatida egotsentrik nutqning tuzilmaviy va mazmuniy o’ziga xos xususiyatlari xarakterlidir: vaziyatda chetda bo’lgan atrofdagilar uchun tushunarsizlik, qisqartirilganlik, tushurib qoldirishga moyillik, egotsentrik nutq kattalarning ichki nutqi bilan uni yaqinlashtiruvchi, juda muhim vazifani bajaradi:-bola xulq-atvorini rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarish (funktsiyasi) vazifasi.
L.S.Vigotskiy egotsentrik nutq vazifalarini bunday izohlanishini isbotlash uchun qator o’ziga xos ekspermental usullarni qo’llagan. Masalan, bolalarning erkin faoliyati jarayoniga buzilishlar va qiyinchiliklarni kiritish ma`lum bir vaziyatni bolada kerakli qalam, qog`oz bo’yoqni mavjud emasligi. Ma`lum bo’lishicha qiyinchilik vaziyatida egotsentrik vaziyatida egotsentrik nutq koeffitsienti deyarli ikki martaga oshgan. Bola yuzaga kelgan vaziyatni anglashga harakat qilib o’z-o’zi bilan mulohaza yuritadi: “Qalam qaerda endi qizil rangda chizib suv bilan ho’llayman (namlayman) u qorayadi va ko’k rangga o’xshab qoladi”. Singan qalam tramvay g`ildiragini to’g`ri chizib tugatishga imkon bermasligi rasm syujetini o’zgartirishga undaydi, keyin gap tramvayning ishdan chiqishi va uni sozlash haqida ketadi. Egotsentrik nutq funktsiyasi-xulq-atvorning murakkab uyg`unligidir (ritmligi) yanada keng ma`noda murakkab vaziyatdan chiqish rejasini ishlab chiqish kelgusidagi xatti-harakatlarni fikrlash, rejalashtirish va boshqarish vositasidir. SHu o’rinda bunday rol haqida J.Piajeni o’zi hali eslatib o’tgan: bola o’zining xatti-harakatlarini xususida faqat ovoz chiqarib o’ylasada, sira hech nimani hech kimga aytishni xohlamaydi. Bunday tarzda egotsentrik nutq taqdiri uning xususida butunlay ichki nutqqa tubdan o’zgartirish bilan bog`liq. J.Piajening egotsentrik nutq haqidagi dastlabki tasavvurlarini (J.Piaje egotsentrik nutqni ta`minotining negizi sifati ko’rib chiqqan) L.S.Vigotskiy buzib, egotsentrizm fenomenini o’zini inkor qilgan. L.S.Vigotskiyning tanqidiy nuqtai-nazari nashr qilinganligidan 25 yoshdan so’ngina J.Piajeda javob berish imkoniyati tug`ildi.
J.Piaje hamkasbining egotsentrik nuqtai nazarini rivojlanish yo’llari haqidagi aytgan farazini ahamiyatga ega ekanligini e`tirof etib, uning fikri hali xuddi shu yo’nalishdan shakllanishini ta`kidlagan. U egotsentrizm individualizm emasligini o’z “Men”ini anglashni haddan ortiq oshib ketmasligini balki bilish istiqbollarini o’zgartirishini oldindan detentratsiya qila olmaslik ekanligini e`tirof etib yana bir bor egotsentrizm tushunchasiga oydinlik kiritgan. J.Piaje fikriga ko’ra, egotsentrizm fenomeni umumiy xarakterga ega bo’lib nutq sohasida faqat uni ifodalash bilan bog`lab berilmaydi. Bilish egotsentrizmi xususan kattalarda fikr mulohaza yuritganda yoki bilish jarayonida o’zining ob`ektiv holatini hisobga olmaganda (dastlabki faoliyat davrida ma`ruza o’qiyotgan o’qituvchi o’zi qay darajada bilsa taxminan shu darajada talabalar biladi deb o’ylashi mumkin) kuzatiladi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling