Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiya o`qitish metodikasi yo`nalishi 17/1 guruh talabasi karshibayeva dononing biologiya o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


O`quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan biologik savollardan na`munalar


Download 115.11 Kb.
bet7/7
Sana09.01.2022
Hajmi115.11 Kb.
#256029
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3-kurs bom

O`quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan biologik savollardan na`munalar:

* Hayotiy shakliga ko'ra daraxt. Xloroplastlar xromoplastlarga aylangan hujayradan iborat. Kamqonlikni davolashda yordam beradi. Namanganda mashxur.

*Harakatlanmaydi, 8ta qismdan iborat. Oqsilga boy. Irsiy axborotni o'zida saqlaydi. Pishmasa go'sht bo'ladi.

*Ko'rinishi yumaloq. Irsiy axborotni o'zida saqlaydi. Barcha eukariot hujayralarda bo'ladi. Ko'payishda ishtirok etadi.

*Anabiozga misol bo'ladi. Hayotchanligini bir necha yil saqlaydi. Uning sariq yashil qizil oq gullari bor. O'z-o'zidan changlanadi.

Javoblar: 1. olma 2. tuxum 3. yadro 4. lola

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda biologiyani o'qitishda o'quvchilarni tanqidiy-tahliliy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini tarkib toptirishni amalga oshirish uchun rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini qo'llash zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilami har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Fikr yuritishning ikki tipi farq qiladi. Bular tanqidiy va tahliliy fikr yuritish. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltiradi. Tahliliy fikr yuritish axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog'ishtirishni o'z ichiga oladi. Bog'lanishli (assosiativ) fikr yuritish (awal o'rganilgan bilimlar, faktlar orasidagi bog'lanishlami aniqlash, tanish obyekt va hodisalarning yangi xususiyatlari va sifatlarini topish). Bog'lanishli fikr yuritish o'quvchilarning awal o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda qo'llab yangi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi. Mustaqil fikr yuritish deganda biz quyidagilarni misol qilib aytsak bo'ladi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, farazlami ilgari surish, awal o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalami yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilim, ko'nikma va malakalami egallash, o'z fikrini dalillash. Mustaqil fikr yuritish shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli biologiyani o'qitishning barcha shakllarida, o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga ahamiyat berish zarur. O'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirish uchun o'qituvchi har bir mavzuni o'rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va o'quvchilarning bilish faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo'llashi lozim. xarakteri va borishini o'zgartirishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi, mazkur texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini puxta o'zlashtirgan bo'lishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda foydalanish yo'llarini belgilashi lozim.

Ko'pchilik hollarda o'qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o'zgartirishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor bermagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etadi va ko'zlangan natijaga erishish samarasi past

bo'ladi. Bu holatning asosiy sababi, o'qituvchilar pedagogik jarayonning xarakteri va borishini o'zgartirishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarga e’tibor

bermaganligidir. Ta’lim jarayonida salmoqli o'rin egallagan muammoli «aqliy hujum» dars, munozarali (ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslar muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi. Mazkur darslaming o'ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi. Muammoli darslarda o'qituvchining faoliyati, avvalo, mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o'quv muammolarini aniqlash, muammolivaziyatlar tizimini yaratish, o'quvchilar oldiga o'quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo'yish va darsda mazkur o'quv muammolaridan samaraii foydalanishga erishish, o'quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga

yo'naltirishdan iborat bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Tolipova J. O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T:. TDPU, 2012.

2. Tolipova J.O., G‘ofurov A.T:. Biologiya ta’limi texnologiyalari, O‘qituvchi, T:. 2002.

3. Inoyatov U.I., Muslimov N.A. va boshqalar. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob. T:. Ilm-Ziyo nashriyoti, 2012.

4. Bekniyozov N.M. O‘qituvchi nimalarni bilishi kerak? O‘quv-metodik qo‘llanma, T:. 2016.

5.”Ta’lim to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni”. “Xalq ta’limi jurnali 10 – 11 son. 1992 y.



6.”Biologiya” 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 – sinf darsliklari.

Download 115.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling