Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta
Download 1.05 Mb.
|
Harakat malakalarini shakillantirish лгк шырш va jismoniy sifatlarni tarbiyalash
«motor» qobiliyat nishonalari) ta’sir o‘tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizmining anatomik,fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida “motor nishonalar” organizmning moslashish o‘zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jismoniy qobiliyatlarga aylanadi.Ta’kidlash zarurki, “motor nishonalar” ko‘p funksiyali bo‘lib,mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivojini ta’minlashi mumkin.Professor Yu.V. Verxoshanskiyning fikricha, bunday shakllar harakat faoliyati turlari qancha bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki ularning har biriga o‘ziga xos tuzilish, harakatlarning maqsadli yo‘naltirilganligi, mushaklar
25 muvofiqlashi, organi faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan ta’daqlanishi kabi xususiyatlar xosdir. Shu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar tezkorligini rivojlantirishga javobgar bo‘lgan qandaydir alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizdaqing morfofunksional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashtiruvchi ta’sir, butun bir adaptiv reaksiya yotadi. Morfofunksional qayta qurishlar organizmni to‘laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko‘p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasini ko‘taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta’minlov chi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funksional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma’lum faoliyat sharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo‘lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning shiddati va hajmiga bog‘liq.Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajiratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo‘ladi. 26
Harakat mashqlarini ko‘p marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. Harakat malakasi - bir butun harakat vaqtida harakatlarni avtomatlashgan usulda olib borilishidir. Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishi asta-sekin odatga aylanib qoladi. harakat aktining biror bir qismi qanday bajarilishi ustida tobora kamroq fikr yuritiladi; yetarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta-sekin harakat avtomatlashib boradi. Shunday qilib, ko‘nikma reflektori harakat aktlari tizimi bilan mustah- kamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashgan holat malakaning asosiy xususiyatlaridir. Avtomatlashish bilan umuman harakat aktini ongli ravishda bajarishga chek qo‘yilmaydi, lekin har bir alohida harakatni bajarishda ongning ishtirokiga ehtiyoj qolmaydi. Malaka hosil bo‘lish davrida ong yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki o‘z rolini almashtiradi. Malakaning hosil bo‘lishi jarayonida alohida harakatlarning avtomatlashishi bilan birga bu harakatlar tuzilishining nisbatan doimiy fazoviyligi, vaqtliligi va kuchliligi bilan bir butun harakatlarga birlashish yuzaga keladi. Bu harakatlarning yengil, ritmik, tejamli bo‘lishini ta’minlaydi. Malaka o‘sishining eng yuqori bosqichida suzishda "suvni his etishda" o‘yinda "o‘yinni his etish", konki bilan figurali uchishda "belni his etish" singari ixtisoslashgan sohaga xos tasavurlar paydo bo‘ladi. Harakat malakasining barqarorligini xarajat amalining o‘zgaruv- chanligidan ajratib bo‘lmaydi. Malakaning mustahkamlanib borishi bilan harakat aktining, uning texnikasi asosini saqlagan holda, har xil variantini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. (Masalan: gimnast turnikda ko‘tarilish mashqini har xil holda bajara oladi, chang‘ichilar va yuguruvchilar joyning relefiga muvofiq holda yugurish texnikasini ham boshlash va tugallash oson bo‘lib qoladi. Bu o‘zgargan harakatni boshqa harakatlar bilan qo‘shib bajarishga imkon beradi, samarali harakat qilish imkoniyati kengayadi. Jismoniy sifatlarni, harakat ko‘nikmalarini o‘rgatish bilan birgalikda tarbiyalash bolaning takomillashuviga, tanasining sog‘lomlashuviga, hissiy ruhining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolalar harakatlarni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq, oson bajarilishiga, yuqori natijalarga erishishga intiladilar, ijobiy mustaqillik ko‘rsatadilar. 27 Asosiy jismoniy sifatlarning (tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch ya egiluvchanlik) rivojlanishi harakat malakalarining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar qat’iy izchillikda va harakat ta’siri murakkablashtirilgan holda jismoniy tarbiya darslari tarkibiga,o‘yin soatlariga, sport mashqlariga hamda o‘quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari sport tadbirlari tarkibiga kiritiladi. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor, ayniqsa, maktab kun tartibida olib boriladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari davomida amalga oshirilishi kerak. Katta tanaffuslarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar, dars boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, sayrlar, sinfdan tashqari olib boriladigan ommaviy tadbirlarning barchasi jismoniy sifatlar tarbiyalanishiga imkon yaratadi. Har bir jismoniy sifat uchun alohida o‘ziga xos mashqlar majmuasi tanlanadi va maxsus usulda bajartiriladi. 28
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 1-fevralda boshalab “ Olimpiya sport turlari boyicha respublika sport musobaqalari ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni . 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ASOSIY ADABIYOTLAR 4. Maksimenko А.М. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi\ - M„ 1999. 5. Matveev L.P. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi\ Jismoniy madaniyat institutlati uchun darslik. M. FiS.1991. 6. Matveev L.P. Sportning umumiy nazariyasi: Darslik. -M ., 1997. 7. Smimov Yu.I., Polevhikov M.M. Sport metrologiyasi: Darslik. - M., 2000. 8. B.A.Ashmarin. -M., 1990. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi: Pedagogika institutlari uchun darslik. 10. Salamov R.S., Aripov Yu.Yu. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiyati asoslari. T. «Moliya». 2011 . 11. Davronov I.E., Jurayev B.T. Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi. "Durdona" nashriyoti, -Buxoro, 2019. 12. Pedagogika. Ensiklopediya. 1-jild. A-Yo (mas'ul muharrir R.Safarova) -Т.: 2015 13. Umarov A.S., Rahimov.A.K., Mirzayeva.N.A. Dars sifatining tahlili-ta’lim tarqqiyoti mezoni // Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali.- 2022. 15. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o‘quv qo‘llanma, Toshkent., O‘z DJTI, 2005 y - 171 b. 29 16. Maxkamdjonov K, Tulenova X.B. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun umumiy va kengaytirilgan “Jismoniy tarbiya” dasturi. Ilm-ziyo Toshkent., 2006 y. 17. Xoldorov T., Tulenova X.B. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, turizm, xalq milliy o‘yinlarining nazariy va amaliy asoslari. TDTU bosmaxonasi, 2007 y. 18. Abdullayev A., Xonkeldiyev SH. Jismoniy tarbiya nazariyasi va bslubiyoti. o‘quv qo‘llanma Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil. 19. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil. 30 Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling