Toshkent viloyati chirchiq davlat


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana21.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1790907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Марказий Осиё транспорт

Suv transporti. Bu transport temir yo„l va avtomobil transportlaridan farq qilib
asosan jihozlanishi uchun uncha ko„p xarajat talab qilmaydigan tabiiy suv 
yo„llaridan foydalanadi. U yoqilg„ini ko„p ishlatmaydi va katta xajmdagi yuklarni 
tashish tannarxi pastroq. Hozirgi zamon kemalarining tezligi yuk tashuvchi 
poyezdlarning o„rtacha tezligiga teng keladi. 
O„zbekistonda suv transporti asosan Amudaryo qisman Sirdaryo kemachiligidan 
iborat. 1974 yilda kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo„nalishlarining umumiy 
uzunligi 887 km edi. 1980 yilga kelib, O„zbekistonda suv yo„llarini umumiy 
uzunligi 2800 km ga yetdi. Amudaryo Panj (Tojikiston) bandargoxidan 
Mo„ynoqqa qadar paroxodlar qatnovi amalga oshirilgan edi. Daryo suvining 
kamayishi va Orol dengizining qurishi natijasida suv yo„llari keskin qisqardi. 
Respublikada “Termiz daryo porti”, “Xorazm daryo floti”, “Qoraqalpog„iston 
daryo floti” ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etilgan. Respublika daryo 
portida 150 ga yaqin teploxod, shuningdek barjalar, suzuvchi ekskavatorlar, port 
kranlari va boshqalar bor. Hozirda suv yo„llarini umumiy uzunligi 1000 km ga 
yaqin. Milliy iqtisodiyot yuklari asosan Termiz-Xayraton (Afg„oniston), 
Sharlovuq-To„rtko„l, Xo„jayli-To„rtko„l 
Xo„jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiyatosh 
yo„nalishlarida tashiladi. Yiliga daryo flotida 200 ming tonna yuk tashiladi. 
Quvur transporti. bu yuqori dinamika bilan rivojlanib borayotgan transport 
turlaridan biri. Uning boshqa transport turlaridan asosiy farqi shundaki tovar 
tashuv jarayonida transport vositasi emas balki tovarning o„zi harakatlanadi 
(asosan bu transport qilinadigan tovarning xususiyatlariga asoslangan- neft, gaz, 
h.k). Bu farq biz quyida ko„rib o„tadigan ba‟zi xususiyatlarning sababi hisoblanadi. 
Quvurlarning keng tarmog„ini yaratilishi tabiiy gaz neft va neft mahsulotlarini 


34 
uzluksiz ravishda uzoq masofalarga yetkazib berish imkoniyatini berdi. Bu yerdan 
quvur transportining asosiy xususiyati kelib chiqadi - uning faoliyatining 
uzluksizligi. 
Umuman quvur transporti boshqa turdagi suyuqlik mahsulotlari (neft va neft 
mahsulotlaridan sutgacha), gazsimon mahsulotlar(tabiiy gaz, ammiak, etan, etilen 
va h.k) qattiq mahsulotlar (ko„mir, g„alla)ni tashishga ixtisoslashmoqda. Ular bir 
necha kilometr dan tortib bir necha ming kilometr masofaga tashilishi mumkin. 
YEtkazib berishning oxirgi manzili har xil bo„ladi: neft - neftni qayta ishlash 
zavodlariga; tabiiy gaz, ammiak, etan, etilen - kimyo sanoatlariga, ko„mir va mazot 
asosan elektr stansiyalariga. 
Quvur transportining ijobiy tomonlaridan ba‟zilari uning yo„llarini har xil 
rel‟yefdagi joylarda, katta suv havzalari bo„ylab shu bilan birga mangu muzlagan 
dengizlardan o„tkaza olish imkoniyatlaridir. Bu transport turi xoxlagan iqlim va 
tabiiy sharoitlarda faoliyat ko„rsata olishi mumkin, tashishdagi yo„qotishlar 
minimal darajada. 
Biroq gaz va neft quvurlarini yotqizilishi bir qator ekologik muammolarni keltirib 
chiqarishi mumkin (trubaning yorilishi va neft va gazning chiqishi, trubani 
yotqizish paytida tabiiy qobiqning buzilishi, shimoliy hududlarda quvurlarning yer 
ustida yotqizilishi hayvonlarning tabiiy migratsiyasiga to„siq bo„ladi). 
Qimmat qurilish yoki ta‟mirlash xarajatlarini aytib o„tmasdan ilojimiz yo„q. 
Bundan tashqari ishning boshlanishini ta‟minlash maqsadida yangi Quvurlar 
mahsulot bilan to„ldirilishi kerak va zarur bo„lgan bosimni butun Quvur bo„ylab 
ta‟minlash muhimdir. Ma‟lum masofadan keyin trassaning re‟lefidan kelib chiqqan 
holda nasos stansiyalari o„rnatiladi, bu o„z navbatida qo„shimcha xarajat 
hisoblanadi. Quvur transportining yana bir ajralib turadigan xususiyati uning uzoq 
masofaga cho„zilganligidir. 
Neft va gaz quvur yo„llarining umumiy uzunligi dunyoda 2 mln km ga 
yaqinlashadi, ya‟ni, temir yo„l uzunligidan 2 barobar ko„pdir. 1,2 mln km ri gaz 
qolgan qismi esa neft quvurlari hisoblanadi. 
Quvurlar asosan magistral hisoblanadi va qazib olinish joyi- qayta ishlash 


35 
iste‟molchi tarzida amalga oshiriladi va bir nechta mamlakatlarning hududidan 
kesib o„tishi mumkin. O„zining hududida xalqaro magistral quvurlarga ega bo„lishi 
uchun (boj olish maqsadida) mamlakatlar o„rtasida tortishuvlar ketadi va ba‟zi 
hollarda diplomatik yoki harbiy konfliktlarni keltirib chiqaradi. 
O„zbekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi neft quvuri 1908 yil Chimyon neft 
konida Vannovsk (xozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan. 
Keyinchalik Farg„ona vodiysi, Surxondaryo viloyatida yangi neft konlari ochilishi 
bilan transportning bu turi jadal rivojlantirildi. Neft konlaridan Farg„ona va 
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga umumiy uzunligi 228,5 km bo„lgan neft 
quvurlari qurildi. Respublikamiz janubida – Surxondaryo viloyatida 1947 yil 
Lalmikor- Qumqurg„on va 1969 yil Amudaryo-Amu-Zang liniyalari qurildi 
(umumiy uzunligi 40 km). Qashqadaryoda yangi neft konlari ochilganidan keyin 
1977 yil G„arbiyToshlaq-Qashqadaryo stansiyasi (3,3 km), nefteprovodlari ishga 
tushirildi. 
O„zbekistonning barcha viloyat markazlariga gaz quvur yo„llari o„tkazilgan. Gaz 
quvurlari 
ichida 
Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent, 
Muborak-Toshkent 
trassalari juda muhimdir. O„zbekistondan Uralga (2100 km), Moskvaga (3500 km) 
o„tkazilgan gaz quvurlari diametrining kattaligi va uzunligi jihatidan dunyoda 
oldingi o„rinlardan birini egallaydi. 


36 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling