Toshkent viloyati chirchiq davlat
O„zbekiston manfaatlari kesimida transport istiqbollari
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Марказий Осиё транспорт
2.2. O„zbekiston manfaatlari kesimida transport istiqbollari.
Markaziy Osiyo davlatlari transport siѐsatida ustuvor yo„nalish sifatida belgilangan hamda yetakchi davlatlar, xalqaro tashkilotlar va turli dasturlar doirasida hamda alohida davlatlar tomonidan ilgari surilaѐtgan mintaqaviy muqobil transport koridorlari O„zbekiston manfaatlari kesimida tasniflangan. Ularni shartli ravishda quyidagi 3 guruhga ajratib o„rganildi: 1.O„zbekiston manfaatlariga to„liq zid hisoblangan koridorlar: «Qozog„iston-Turkmaniston-Eron» temir yo„li; «Turkmaniston- Afg„oniston- Tojikiston» (TAT) temir yo„li; «Xitoy-Qirg„iziston- Tojikiston» temir yo„li; «Rossiya-Qozog„iston-Qirg„iziston-Tojikiston» temir yo„li. 2.Qisman foydalanish imkoni mavjud bo„lgan koridor: «G„arbiy Yevropa-G„arbiy Xitoy» avtomagistrali. 3.O„zbekiston manfaatlariga mos muqobil koridoralr: «O„zbekiston- Qirg„iziston- Xitoy» temir yo„li; «O„zbekiston-Turkmaniston- Eron- Ummon» koridori; «Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom-Qashg„ar» avtomobil yo„li; «O„zbekiston- Afg„oniston-Eron/Pokiston» (Transafg„on) temir yo„li. Yuqorida keltirilgan tasniflar asosida koridorlarning istiqboli yuzasidan O„zbekiston manfaatlari kesimida ssenariylar ishlab chiqildi. 1-ssenariy (realistik). O„zbekistonni aylanib o„tuvchi va mahalliy koridorlarning rivojlanishi bilan bog„liq mavjud holat saqlanib qoladi, ya‟ni «Xitoy-Qirg„iziston- Tojikiston» va «Rossiya-Qozog„iston- Qirg„iziston-Tojikiston» loyihalari noqulay gegrafik joylashuv, shuningdek Tojikiston va Qirg„iziston iqtisodiѐtining imkoniyatlari hamda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli amalga oshmaydi. O„z navbatida, «Qozog„iston-Turkmaniston-Eron» temir yo„lining «Bereket-Etrek» qismida qurilish ishlarini olib borilaѐtganligi va Eron bilan bog„liq xalqaro geOsiyo siy vaziyatning yumshaganligi kabi omillar evaziga mazkur loyiha to„liq ishga tushadi. TAT loyihasining afg„on hududi va uni moliyalashtirish yuzasidan ishtirokchi davlatlarda yagona kelishuv mavjud emasligi, shuningdek, mamlakatdagi nobarqaror vaziyat mazkur loyihani yaqin va o„rta istiqbolda to„liq amalga oshirish 37 imkoniyati yo„qligini ko„rsatadi. «G„arbiy Yevropa–G„arbiy Xitoy» avtomagistrali 2020 yilga borib to„liq ishga tushadi. Bu esa «Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom- Qashg„ar» avtomagistrali istiqboliga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 2-ssenariy (optimistik). Yaqin va o„rta istiqbolda «Turkmaniston – Afg„oniston – Tojikiston», «Xitoy – Qirg„iziston – Tojikiston» va «Rossiya – Qozog„iston – Qirg„iziston – Tojikiston» loyihalari moliyaviy resurslarning yetishmasligi, noqulay geografik sharoit va Afg„onistondagi nobarqaror vaziyat tufayli amalga oshmaydi. Mazkur loyihalar ishtirokchilari tomonidan tranzit yuklarini o„tkazish O„zbekiston orqali amalga oshiriladi. O„z navbatida, «Qozog„iston – Turkmaniston – Eron» temir yo„lining yangiligi, hozirgi vaqtda faqatgina imtiѐzlar berish asosida yuklarni ushbu koridorga jalb qilaѐtganligi, temir yo„lning cho„l hududida qurilganligi uni faqatgina ishtirokchi davlatlar o„rtasidagi yuk almashuvga xizmat qilishi mumkinligini ko„rsatadi. «G„arbiy Yevropa– G„arbiy Xitoy» avtomagistrali to„liq ishga tushadi va unga O„zbekiston ham ulanadi. O„z navbatida, Janubiy va Janubi-G„arbiy Osiyo da joylashgan davlatlarga O„zbekiston tranzit davlat vazifasini o„taydi. 3-ssenariy (pessimistik). O„zbekistonni aylanib o„tuvchi transport koridorlarining barchasi to„laligicha ishga tushadi. Tojikiston va Qirg„iziston transport «qaram»ligidan qisman xalos bo„ladi. O„z navbatida, O„zbekistonning tranzit daromadlarida jiddiy kamayishlar kuzatiladi. Mahalliy yuk va yo„lovchi tashish tariflari ko„tariladi va mos ravishda mahsulotlar tannarxi tarkibida transport xarajatlarining ortishi kuzatiladi. O„zbekistonni aylanib o„tuvchi transport koridorlarining qurilishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid sifatida qaralib, ularning rivoji O„zbekiston manfaatlariga bevosita salbiy ta‟sir qiladi. Bu esa O„zbekistonni transport jihatidan ajralib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling