Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 20-sentyabrdagi 463-10-0-Q/23-sonli qarori ijrosini tumanda ta’minlash to’g’risida


Download 7.01 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi7.01 Kb.
#1720228
Bog'liq
463-10-0-Q23


Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 20-sentyabrdagi 463-10-0-Q/23-sonli qarori ijrosini tumanda ta’minlash to’g’risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati to‘g‘risida” gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son va Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 20-sentyabrdagi 463-10-0-Q/23-sonli qarorlari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etilganligi;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining sanoat sohalarida “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanganligi belgilab qo‘yilsin.
3. Toshkent viloyati hokimi huzurida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi” tashkil etilsin va uning tarkibi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
“Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi” kotibi Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i (X.Bekmuradov) etib tayinlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi” kotibiga:
kengash yig‘ilishini har oyda bir marotaba o‘tkazilishini; tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘tarilgan muammolar viloyat tashkilotlari bilan tizimli ravishda hal etishi;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har oy yakuni bilan viloyat hokimiga shaxsan axborot berish vazifalari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Tuman hokiminig matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Qosimov qarorga muvofiq tasdiqlangan “yo‘l harita” asosida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida hamda Internet sahifalarida keng yoritib borsin.
6. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga ma’sul va shaxsiy javobgar etib tuman hokimi o‘rinbosarlari Sh.Abdiyev va tegishli tashkilotlar belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun ma’sul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Download 7.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling