Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 22-sentyabrdagi 473-10-0-Q/23-sonli qarori ijrosini tumanda ta’minlash to’g’risida


Download 6.28 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi6.28 Kb.
#1720247
Bog'liq
473-10-0-Q23


Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 22-sentyabrdagi 473-10-0-Q/23-sonli qarori ijrosini tumanda ta’minlash to’g’risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 450-sonli qaror ijrosini ta’minlashni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risi”dagi Qonunning 6-25-moddalariga asoslanib, qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 450-sonli qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent viloyati hokimining “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Yuqoridagi qaror bilan quyidagilar inobatga olinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 fozi va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi;
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchilar tomonidan subsidiya olish uchun murojaat qilish hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi inobatga olinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b Sh.Abdiyev zimmasiga yuklansin.
Download 6.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling