Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Bo‘ka tumani Maktabgacha va maktab ta’limi


Download 2.75 Mb.
bet9/32
Sana12.11.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1769152
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

MMIBDO`: ______________
Sinf rahbar: ______________


Mavzu: “Oilada tejamkorlik”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga oila byudjeti haqida tushuncha berish. Ularning spotga,sog`lom muhit tarziga bo`lgan qiziqishini tarbiyalab borish,ularda komillikka intilish hissini uyg`otish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism:
a)Psixologik muhit yaratish. b)Navbatchi hisoboti.
II.Asosiy qism:
Inson hayotida ro`zg`or,uy-joy tutishda tejamkorlik,ya`ni isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik,reja bilan ish tutish katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz “Tejog`lik ish –bejog`lik” deb bejiz aytmagan.Tejamkorlik – insonning ma`naviyatini boyitadi,oilasida qut-baraka olib keladi.Tejamkorlik kichiklikdan o`rgatiladi.
Ikromjonlar oilasida nonushtadan so`ng,otasi Yoqubjon aka:”Qani o`lab ko`raylik-chi, bugun sizlar nonushtada baham ko`rgan narsalar qayerdan kelib qoldi? Oyijoningiz bugun ertalab dasturxonga qo`ygan ne`matlar:non,sariyog`,tuxum qayerdan olinadi va qanday tayyorlanadi?Choy qaynatish,ovqat pishirishda foydalaniladigan gaz qayerdan olinadi?Burchakda turgan sovitkich elektr tokisiz ishlamaydi.Elektr toki qayerdan keladi?”-deb so`radi.So`ngra davom etib:
-Biz bularni qadrlab,tejab ishlatimiz kerak,-dedi Yoqubjon aka,-insonlar yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak,shunda oilamiz,davlatimiz boyiydi.
Tejash –bu narsalarni isrof qilmaslik uni qadrlash,har buyumni o`z me`yorida ishlata bilish,kerak-kerakmas narsalarni pala-partish xarid qilmaslik,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.
Ajdodlarimiz tejamli oilalar barakali,to`kis,dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.
Davlatimiz,oilamiz boy bo`lsin desangiz har bir narsadan oqilona,isrof qilmay foydalanishga odatlaning.
Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalanganligi uchun boyib,mol-u mulkka ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.
III.Yakuniy qism: Aqliy hujum:
Isrofgarchilik qanday illat deb o`ylaysiz?
Javob.
-Isrof –keraksiz narsalarga behudaga pul sarf etish,foydasiz sarf-harajatlar tushiniladi.
-Isrofgarchilik yomon oqibatlarga olibb keladi.
-Isrofgar odam qanchalik boy bo`lmasin,bora-bora kambag`alga aylanadi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.



Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling