7 AT-ni ishga tushirishga tayyorlash ishlarining tarkibi va mazmuniga qo’yiladigan talablar
«АTni ishga tushirishga tayyorlash ishlarining tarkibiga va mazmuniga qoʼyiladigan talablar» boʼlimida АTni ishga tushirishga tayѐrlashda bajarilishi kerak boʼlgan asosiy chora-tadbirlar va ularni bajaruvchilarning roʼyxatini keltirish zarur.
Аsosiy chora-tadbirlar roʼyxatiga quyidagilar kiritiladi:
1) АTga kelib tushaѐtgan axborotni (axborot va lingvistik taʼminotga qoʼyiladigan talablarga muvofiq) qayta ishlashga yaroqli boʼlgan koʼrinishga keltirish;
2) axborotlashtirish obʼektida amalga oshirish kerak boʼlgan oʼzgarishlar;
3) axborotlashtirish obʼektining ishlash sharoitlarini yaratish, bu sharoitlarda yaratilayotgan АTning TTdagi talablarga muvofiqligi kafolatlanadi;
4) АT ishlashi uchun zarur boʼlgan boʼlinmalar va xizmatlarni tashkil qilish;
5) shtatni toʼldirish va xodimlarni oʼqitish muddatlari va tartibi.
Misol – Loyihani bajarish davomida axborotlashtirish obʼektida tizimni ishga tushirishga tayyorlash ishlarini bajarish talab qilinadi.
Toʼlovlar АTni ekspluatatsiyaga tayyorlashda buyurtmachi quyidagi ishlarning
bajarilishini taʼminlashi kerak:
- Toʼlovlar АTni joriy qilish va sinov ekspluatatsiyasini oʼtkazish uchun javobgar boʼlgan boʼlinma va masʼul mansabdor shaxslarni aniqlash;
- ishlab chiquvchi tomonidan oʼtkazilayotgan, foydalanuvchilarning Toʼlovlar
АT bilan ishlashga oʼqitishda boʼlishlarini taʼminlash;
- foydalanuvchi xonalari va ish joylarining TT talabalariga muvofiqligini taʼminlash;
- Toʼlovlar АT dasturiy taʼminoti oʼrnatilishi kerak boʼlgan dasturiy-texnik vositalarga taqdim etiladigan talablarning bajarilishini taʼminlash;
- ishlab chiquvchi bilan birgalikda Toʼlovlar АTni buyurtmachining texnik
Do'stlaringiz bilan baham: |