Toshkent xalqaro ta`lim universiteti axborot texnologiyalari yo’nalishi


Misol - BpMN – sxemani chizish va yoritib berish kerak


Download 179.52 Kb.
bet7/23
Sana19.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1621495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
tizim kurs ishi namunasi

Misol - BpMN – sxemani chizish va yoritib berish kerak.

4.1.2 Chet axborot tizimlari bilan o'zaro ishlashiga qo’yiladigan talablar


Chet AT bilan o‘zaro ishlashga qo‘yiladigan talablarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) Ma'lumotlarni qabul qilish va uzatish bayonnomalari;
2) Uzatiladigan ma'lumotlar ro‘yxati va formatlari;
3) Foydalanilayotgan chet ma'lumotlar bazalari ro‘yxati.
Davlat AT uchun elektron hukumat tizimining AT va ma'lumotlar bazalari bilan o‘zaro ishlashni hisobga olish kerak (markaziy ma'lumotlar bazalari, yagona identifikasiyalash tizimi va sh.k.).
Milliy axborot tizimiga kiradigan AT uchun chet AT bilan o‘zaro ishlashga qo‘yiladigan talablarni ko‘rsatishda O‘zDSt 2590 talablari hisobga olinishi kerak.
Ishlab chiqilayotgan ATning chet AT bilan barcha o‘zaro ishlash variantlari «AT strukturasi va ishlashiga qo‘yiladigan talablar» (4.1.1.1) bo‘limini tavsiflashda foydalanish ssenariylari ko‘rinishida aks ettirilishi va tavsiflanishi kerak, shuningdek «AT bajaradigan
funksiyalar (vazifalar)ga qo‘yiladigan talablar» (4.2.) bo‘limida tavsiflanishi kerak.
4) Quyi tizimlarning o‘zaro ishlash sxemasida aks ettiriladigan AT komponentlari o‘rtasida axborot almashish uchun aloqa usullari va vositalariga qo‘yiladigan talablar;

  • Misol –

Quyi tizimlar o‘rtasidagi axborot almashuvi standartlashtirilgan ma'lumotlar almashish protokollari va formatlaridan foydalanish yordamida yagona axborot makoni orqali amalga oshirilishi kerak.
Barcha quyi tizimlarning axborot o‘zaro ishlashini ta'minlovchi To‘lovlar
ATning asosiy komponenti bo‘lib, kommutasiyalash quyi tizimi hisoblanishi
kerak. Tarmoqlararo darajada axborotga oid o‘zaro hamkorlik TCP/IP
protokollari tutashuvining tarkibiga kiradigan ochiq standartlar asosidagi
prootkollardan foydalanish orqali amalga oshirilishi kerak.

5) AT ning tashqi tizimlar bilan hosil qiladigan o‘zaro aloqlar xarakteristikalariga qo‘yiladigan talablar, uning moslashuvchanligiga qo‘yiladigan talablar, shu jumladan axborot almashish usullari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar (avtomatik, hujjatlarni jo‘natish orqali, telefon orqali va sh.k.);


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling