Toshkentsh. “ / 9 ” c f
Download 66.68 Kb. Pdf ko'rish
|
file220615103145807
8. Reklamatsiya
8.1. Reklamatsiya yetkazib-berilgan mahsulot texnik hujjatlarda ko‘rsatib o ‘tilgan saqlash, transportirovka qilish va foydalanish qoidalariga rioya qilingan taqdirda, mahsulotning kafolat muddati davrida uning namuna etaloni standartlar, texnik shartlar talablariga, ishlab chiqaruvchi texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan tavsiflarga mos bo‘lmagan hollarda va aniqlangan sifat kamchiliklari bo‘yicha beriladi. 8.2. “Xaridor” “Yetkazib beruvchi”ga mahsulot miqdori bo‘yicha yetkazib berilgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida talabnoma, sifati bo‘yicha esa kafolat muddati davomida reklamatsiya berishi mumkin. Reklamatsiyada mahsulot nomi, miqdori va reklamatsiya berishga asoslar ko‘rsatilishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng reklamatsiya qabul qilinmaydi. 8.3. Agarda, mahsulotlami barcha shartlarga rioya qilgan holda foydalanilib, belgilangan kafolat muddati davomida ishlatishga yaroqsiz holga kelgan va belgilangan talablarga muvofiq sifatiga javob bermasa sotuvchi o ‘z hisobidan quyidagilarga majbur: kafolat muddatining birinchi yarimida ishdan chiqqan barcha mahsulotlami to ‘liq almashtirish; kafolat muddatining ikkinchi yarimida ishdan chiqqan mahsulotlarga belgilab qo‘yilgan talablarga asosan to‘liq ta’mirlab, sifatli holatga keltirish. 8.3.1. Belgilangan kafolat muddati davomida ishlatishga yaroqsiz holga kelgan va belgilangan talablarga muvofiq sifatiga javob bermasa “Yetkazib beruvchi” tuzilgan reklamatsiya dalolatnomasida ko‘rsatilgan mahsulotlar umumiy narxining 20% hajmida jarima to ‘laydi. 8.4. Yetkazib berilgan mahsulotning sifatsizligi yoki kafolat muddati o ‘tganligi aniqlanganda Mudofaa vazirligi Harbiy vakolatxona xodimlari tomonidan yozrna ravishda (faks yoki boshqa yo‘l bilan) “Yetkazib beruvchi”ni birgalikda reklamatsiya dalolatnomasini tuzish uchun xabardor qiladi. Reklamatsiya tuzish jarayoni “Yetkazib beruvchi” ogohlantirilgan kundan boshlab 10 kundan oshmasligi lozim. 8.4.1. Xabamomada quyidagilar ko'rsatilgan bo‘lishi lozim: - birgalikda tekshiriladigan mahsulot nomi va miqdori, raqami, sanasi va yuboruvchining nomi; - mahsulotda aniqlangan asosiy kamchiliklar; - iste’molga (ekspluatatsiya) chiqarilgan vaqti; - “Yetkazib beruvchi” vakilining yetib kelish vaqti va joyi. 8.5. Xabamomaga asosan “Yetkazib beruvchi” vakili belgilangan vaqt va joyiga kelmagan taqdirda reklamatsiya bir tomonlama tuziladi. 8.6. “Yetkazib beruvchi” reklamatsiya asoslanganligini tekshirish huquqiga ega. 8.7. “Xaridor” qabul qilayotganda yetkazib berilayotgan mahsulot miqdori va sifati shartnoma shartlariga mos kelmagan holda, “Yetkazib beruvchi” o ‘z hisobidan, yetmayotgan mahsulotni 10 kalendar kuni davomida yetkazib berishga yoki talab darajasidagi mahsulotga almashtirishga majbur. 8.8. Reklamatsiyani ko‘rib chiqish muddati 10 kalendar kunidan iborat. Uni ko‘rib chiqish muddati tugaganidan so‘ng reklamatsiyaga javob berilmagan holda, reklamatsiya qondirilgan hisoblanadi. Download 66.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling