Toshni kesgan arqon!


Download 13.8 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi13.8 Kb.
#1237408
Bog'liq
Toshni kesgan arqon1111




Toshni kesgan arqon!
Mashhur tabib va olim Ibn Sino bolaligida ilm o‘rganayotgan ilk yillarida matematika darslarini uncha yoqtirmasdi, bu fanni juda qiyin deb hisoblardi.
Bir kuni Ibn Sino qirda kezib yurgan ekan bir quduqni ko‘rib qolibdi, shu quduqdan suv olib ichishni xohlabdi, chelakni quduqqa tashlabdi. Quduqning og‘izdagi marmar chelakka bog‘langan arqonning sirg‘alishidan yeyilib ketgan edi.
Ibn Sino xayolga tolibdi, arqonga o‘xshagan bu yumshoq jism qanday qilib bu qadar qattiq va mustahkam marmar toshni kesar ekan?
Demak har qancha qiyin bo‘lmasin, bir ishni uddalamoqning siri irodaning kuchida, shijoat va qatʼiyat ko‘rsatishda, sabr va saboq bilan mehnat qilishda ekanda.
Modomiki, men ham matematikani tushunmayman, qatʼiyat bilan o‘z ustunda ishlasam albatta o‘rganib olaman. Nihoyat u bu ilmni ham to‘la-to‘kis o‘zlashtirdi, butun dunyoga mashhur olim bo‘ldi.
Download 13.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling