12
Paxta dalalarida va ular atrofidagi zonalarda ko‟lap tirik organizmlar yashaydi,
ulardan biz bo‟g‟imoyoqlilar tipiga mansub ba‟zilarini, asosan, hasharotlar sinfi
vakillarinigina ko‟rib chiqamiz. Paxta agrobiosenozidagi organizmlar o‟zaro
murakkab va xilma-xil munosabatlarda bo‟lishadi. Zararkunandalarga qarshi
kurashda hasharotlardan foydalanish, ya‟ni biologik usulda kurash olib boorish ana
shu o‟zaro munosabatlarni bilishni taqozo etadi.
Organizmlar o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlar klissifikasiyasini X Suitmen
(1964) eng aniq tasavvur qildi. Anashu klassifiksiyaga muofiq simbioz –yirtqichlik
va antibioz-o‟zaro munosabatlarining asosiy formalaridir.
SIMBIOZ. Bu biron darajada yaqin birgalikda yashash yoki hatto xar xil turlar
individlarining mustaxkam ittifoq yashashi demakdir. Munosabatlarning simbiotik
formalari o‟rtasida tafovut qiladigan foreziya, mutalizm va kommensalizm
mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: