Toshtemirova muborak gulmurodovna mahalliy xomashyolar asosida olingan polisulfid oligomerlar sintezi va tadqiqoti
-jadval SG-1-markali germetikning xossalari
Download 1.66 Mb.
|
Тоштемирова М.Г Oxirgi
1.2-jadval
SG-1-markali germetikning xossalari
Qora uglerod polisulfid oligomer asosidagi germetiklarni kuchaytirish uchun keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga, qora uglerod bilan to‘ldirilgan germetiklovchi moddalarini tayyorlash jarayonida yuzaga keladigan va ularning kuchini oshirishga olib keladigan jarayonlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlaydigan jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatilgan [89; 131- 135-b; 91; 109-b]. Suyuq tiokol asosidagi NVB-2 markali germetikning fizik mexanik xosalariga elektr o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan UM-76 turdagi qora uglerodning ta’siri o‘rganilgan. Materialning o‘ziga xos hajmli elektr qarshiligi asosan elektr o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi tarkibiga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Bunday to‘ldiruvchi moddasining tarkibi qanchalik yuqori bo‘lsa, suyuq tiokol asosidagi germetiklarning solishtirma hajmli elektr qarshiligining qiymati shunchalik past bo‘lishi keltirib o‘tilgan [92; 19-b]. Tadqiqot ishida yelimlovchi kompozitsiyalar tarkibida ishtirok etuvchi sanoat PSO larning xossalari, shuningdek, germetik moddalarini qotish jarayonida ishlatiladigan marganes dioksidining sanoat namunalari keltirilgan [93;302-b;96; 223-b]. Polisul’fid oligomerlari va oltingugurt o‘z ichiga olgan bitumli qumtoshlarga asoslangan germetiklarning optimal yashovchanligi, adgeziyasi va barqaror fizik-mexanik xossalari o‘rganilgan. Bir vaqtning o‘zida konformasion o‘tishlarni osonlashtirish bilan makromolekulalarning zichligida kuzatilgan, o‘sish (makrozanjirlarning kinetik moslashuvchanligini oshirish) marganes dioksidining polikristall zarralari bilan bir qatorda bitumli qumtosh zarralarining mumkin bo‘lgan ishtirokini ko‘rsatilgan [96;223-b; 97;14-18-b;98;.43-b], Ularning tarkibida oltingugurtning bo‘lishi nafaqat vulkanizatlarning fizik-mexanik xossalarini mustahkamlashda, balki PSO ishlov berish jarayonlarining avvalgi fizik-kimyoviy (donor-akseptor va (yoki) xemisorbsiya) bosqichlarida ham muhim hisoblanshi keltirilgan [98;43-b]. Ikkinchisi nafaqat vulkanizatsiya jarayonlarini faollashtiruvchi funksiyalarini dastlabki bosqichida bajarishga qodir, balki muvozanat zichligini oshiradigan va hosil bo‘lgan (ayniqsa oltingugurt o‘z ichiga olgan) kimyoviy bog‘lanishlar xususiyatini o‘zgartiradigan zanjirlararo almashinuvning o‘zaro ta’sirini regulyatorlari ekanligi aytib o‘tilgan. [92; 18-19-b; 93; 302-b 99; 28-30-b]. Polisulfid (tiokol) polimerlariga asoslangan germetiklovchi materiallari orasida " FGUP «VIAM». da ishlab chiqarilgan VITEF-1NT va U-30MES-5M kabi germetiklari keng qo‘llanilgan. Oldinroq U-30MES-5M germetik moddasi misolida suvda eruvchan xromatlar va fosfatlarni uning tarkibiga kiritish imkoniyati va germetik moddasining texnologik, fizik-mexanik, adgezion va ekspluatasion xossalariga turli ingibitorlarning ta’siri o‘rganilgan va ijobiy amaliy natijalarga erishgan. Shunga ko‘ra germetiklarning himoyalovchi xossalarini oshirish uchun turli korroziya ingibitorlarini polisulfid germetiklarning tarkibiga kiritish, ta’sirini o‘rganish yanada qiziqish uyg‘otgan [100;16-20- b. 101; 212-b]. Epoksid smolasini suyuq agregatli tiokol bilan tioeterifikatsiya reaksiyasi asosida olingan kompozitning yopishqoqlik, deformatsiyaga chidamliligi va dinamik mexanik xususiyatlariga turli xil kimyoviy ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu kompozitga plastifikator kiritilishi yopishqoqlik kuchini, cho‘zilish deformatsiyasini va sinish energiyasini oshirishi ko‘rsatilgan. Bunda, plastifikator sifatida oligoeterakrilat MGF-9 dan foydalanish eng katta ta’sirga erishishga imkon bergan [102; 120-126-b]. Poliorganosiloksan birikmalarning germetik xossalarini oshirish uchun turli yaxshilangan fiziko-mexanik xususiyatlarga ega birikmalari keltirilgan. germetiklarning xususiyatlarini yangi o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar, struktura hosil qiluvchi qo‘shimchalar (QM-smolalar), qattiqlashtiruvchi tezlatgichlar va biriktiruvchi moddalar tarkibiga kiritish orqali o‘zgartirish imkoniyati ko‘rsatilgan. Tayyorlangan aralashmalar yarimo‘tkazgichli qurilmalarda ishlatish tavsiya etilishi mumkinligi keltirilgan[112; 198-200-b]. Novakov I.A muallif tomonidan U-30M markali tokol asosidagi germetiklarning turli plastifkatorlar bilan munosabati va uning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganilgan. Plastifikator bilan modifikatsiyalangan germetiklarning ta’sir etish xossalari o‘rganilgan. Tarkibida xlor saqlagan parafinlar(KhP-52 va KhP-470) dan PL-105 qo‘shilishi germetiklarning dielektrik xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi ko‘rsatilgan. Ushbu olingan germetiklarning beton konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish uchun qoplamalar sifatida qo‘llash tadqiqoti olib borilgan[113; 319-343-b ]. Ushbu tadqiqot ishida metilen dixlorid va natriy tetrasulfid asosida diammoniy tuzlaridan katalizator sifatida foydalangan holda polikondensatsiya usuli bilan yangi polisulfid polimeri sintez qilingan. Olingan polimer issiqlik xususiyatlari termogravimetrik tahlil va diferensial skanerlovchi kalorimetrik usulda o‘rganilgan. Polimerning erituvchilar ta’siriga chidamliligi aniqlangan[114; 67-70-b]. Plastifikatorlarning tabiati va konsentratsiyasining kompozitsiyalarning qotib qolish tezligiga ta’siri va U-30M germetik vulkanizatsiyasining tuzilishi o‘rganilgan. Plastifikatorning tabiati va miqdorini to‘g‘ri tanlash kompozitsiyalarning ishlash muddatini nazorat qilish va ularning fizik-mexanik xossalarinining mustahkamkamligini oshirish imkoni ko‘rsatilgan. Kochergin Y.S tomonidan epoksid polimerlar asosida suyuq tiokol olish va olingan tikolning issiqlik bilan ishlov berish hamda suv konsentratsiyasining ta’sirining xossalari o‘rganilgan[115; 286-291-b]. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling