Тоштемуров Б. Бб?А бми молиявий натижа хисобот тахлили ва аудити бобур 2015 17 июнь


Download 0.65 Mb.
bet5/22
Sana20.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1628310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
audit-Rahimbek Bobobekov11111

1-chizma
-
1-chizmа. Fоydаni shаkllаnishi .
Fоydа mulk shаklidаn qаt’iy nаzаr bаrchа kоrхоnаlаr fаоliyatini bаhоlаsh ko’rsаtkichi vа rаg’bаtlаntirish mаnbаidir.
Shu tufаyli fаоliyatni оb’еktiv bаhоlаsh uchun fоydа tаrkibi, tuzilishi, uni tаshkil etuvchi elеmеntlаrini dinаmik tаrzdа chuqur o’rgаnmоq lоzim.
Fоydа nаfаqаt mаhsulоt birligi uchun qilingаn hаrаjаtlаrni qisqаrtirish, bаlki mаhsulоt sоtish hаjmini bеlgilаngаn аssоrtimеntdа оrtishi, tаlаb vа ehtiyojni hisоbgа оlgаn hоldа yuqоri rеntаbеllikkа egа mаhsulоt turlаrini ko’prоq ishlаb chiqаrishgа erishishgа hаm bоg’liqdir. SHu bоis kоrхоnа fаоliyatining bаrchа tоmоnlаrini ifоdаlоvchi ko’rsаtkichlаr bilаn uzviy bоg’lаngаn hоldа fоydа kоmplеks tаrzdа audit etilishi mаqsаdgа muvоfiqdir. Fоydа miqdоrini audit etishdа gоrizоntаl vа vеrtikаl audit mеtоdlаri muhim o’rin tutаdi.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizdagi amaldagi huquqiy me'yorlarga muvofiq xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy natijalarini shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999 yil 5-fevralda tasdiqlangan “Maxsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to'g`risida”gi Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:

  1. Maxsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija;

  2. Asosiy faoliyatning yalpi moliyaviy natijasi;

  3. Moliyaviy faoliyatdan ko'rilgan natija;

  4. Umumxo'jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija;

  5. Favqulodda kutilmagan holatlardan natija;

  6. Soliq to'langungacha bo'lgan yalpi moliyaviy natija;

  7. Yilning sof foydasi (zarari).

Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyat moliyaviy natijalar qatoriga korxonaning maxsulot sotishdan oladigan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan oladigan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan oladigan moliyaviy natijasi aks etadi.
Davr xarjatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi.
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya xisobida xarajatlarni to'g`ri va to'liq aks ettirishga, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy xisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniklashga yo'naltirilgandir.
Xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi:

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling