toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun


Download 24.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1486620
Bog'liq
Koʻprik - Vikipediya



Koʻprik
Koʻprik — 1) toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki
boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun
quriladigan muhandislik inshooti.
Vazifasiga koʻra, Koʻprikning avtomobil,
temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan
Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga
koʻra, shahar Koʻpriklari va shahardan
tashqaridagi yoʻllarga quriladigan;
birlashtirilgan (avtomobil va temir yoʻllar
uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk
xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra,


yogʻoch, tosh, metall, temir-beton
Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab,
balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar
soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan
joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan,
oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga;
qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga
qarab, Koʻprik doimiy va harakatlanuvchi
(ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan)
xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan
xillarga boʻlinadi. Koʻprik-kanal va Koʻprik-
uylar ham boʻladi. Boʻlar koʻprik vazifasini
oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini
ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha,
yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan.
Qad. yogʻoch Koʻpriklar saqlanib


qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli harsang
Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq
qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada
yogʻoch va tosh Koʻpriklar boʻlgan. Katta
daryolardan oʻtishda soʻzuvchi Koʻprikdan
foydalanilgan. Choʻyan Koʻpriklar
Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada
(1784); osma (zanjirli) Koʻprik Amerikada
(1796), keyin Angliya va Rossiyada
qurilgan. 20-asr boshlariga kelib Koʻprik
qurishda temir-betondan asosiy material
sifatida foydalanila boshlandi, chunki
pishiq, arzon, uni yigʻish oson va boshqa
Uncha uzun boʻlmagan Koʻprik qurishda
temir-beton prolyot tayanchlarga
butunicha kranlar yordamida qoʻyiladi.
Undan ravoqli, balkali va ramali Koʻpriklar


qurila boshladi. Hozirgi zamon ravoqli
temir-beton Koʻpriklarning prolyotlari oʻz.
300 m ga yetadi. Oʻzbekistonda Chirchiq,
Sirdaryo va Amudaryodan oʻtkazilgan
Koʻpriklar, asosan temir-betondan arkli va
ramali qilib qurilgan. Koʻprik, asosan,
tayanch va prolyotdan iborat boʻladi.
Tayanchlar qirgʻoq va oraliq tayanchlarga
boʻlinadi. Temir-beton va harsang
toshdan yasalgan Koʻprikda, koʻpincha,
prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani
hosil qiladi. Aralash konstruksiyalar
(mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki
poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va
boshqalar) keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi
zamon Koʻprik qurilishida yigʻma Koʻprik
konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini


unifikatsiyalash va bir xillashtirish
usullaridan, Koʻprik konstruktiv tizimlarini
rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish,
mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat,
yengil qotishmalar va betonlardan,
parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand
birikmalardan, tutash temir-beton Koʻprik
qurishda qismlarga ajratiladigan
opalubkalardan va montaj agregatlardan
foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar
yurish qismining elementa. Gʻildiraklarga
taʼsir qiladigan kuchlarni rama yoki
koʻzovga oʻzatadi. Oʻrnatilgan
gʻildiraqlarning vazifasiga qarab, yetakchi,
boshqariladigan va murakkab (yetakchi
va ayni vaqtda boshqariladigan)
Koʻpriklar boʻladi. Bundan tashqari,


oldingi, ketingi va oʻrta (uch oʻqli
avtomobillarda) Koʻpriklar bor.
[1]
Si-o-se Pol
 koʻprigi, 
Eron
.
Story Bridge

Avstraliya
.
Qadimgi Rim ko'prigi Ponte de Tiberio


Koʻprik 
jarlik

suv havzasi

yoʻl
yoki
boshqa toʻsiq ustidan oʻtish uchun
qurilgan 
inshootdir
. Koʻprik uning
funksiyasi va joylashadigan yeriga koʻra
turlicha loyihalanadi.
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ispaniyadagi Alkantara ko'prigi
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Ko%CA%BBprik&action=edit)
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Koʻprik&oldid=2845894

dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 10:53 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling