Tosнkent moliyа instituti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi Toshkent-2022
Mikroiqtisodiyotda foydalilik, uning turlari va ahamiyati
Download 438.59 Kb.
|
A.Hamroyev mikroiqtisod 91-2
Mikroiqtisodiyotda foydalilik, uning turlari va ahamiyati
Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar sirasiga isteʼmolchilar, xodimlar, kapital qoʻyuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishida muhim rol oʻynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. Mikroiqtisodiyot quyi boʻgʻinlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, masalan, isteʼmolchilar tovarni harid qilish toʻgʻrisida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar oʻzgarishlari qanday taʼsir koʻrsatishini; firmalar ish oʻrinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qayerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi. Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar guruhlari yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni erkak va ayol nikohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruhdir. Uy xoʻjaligi vazifalariga: 1) ishlab chiqarish omillarini (masalan, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qoʻyilgan pul foizi, aksiya daromadi) daromad olish; 2) uy xoʻjaligini yuritish (yordamchi qishloq xoʻjaligida ishlash, isteʼmol mollari va xizmatlarni harid qilish, oziq-ovqat mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash; 4) „tashqi“ iqtisodiy aloqalar (davlatga soliq toʻlash, transfert toʻlovlar olish, xorij bilan iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul joʻnatmalari, posilkalar olish) kiradi. Mikroiqtisodiyot oʻrganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida boʻlishi mumkin
Download 438.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling