Tovar birjasi
Download 34.62 Kb.
|
Birja va rieltorlik 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birja bozor elеmеnti sifatida
Tovar birjasi tushunchasi va mohiyati nimada? Tovar birjasi — markazlashtirilgan tovarlar bozori. Tovar birjasilari dastlab 19-asrda paydo boʻlgan, hozir esa ular ixtisoslashtirilgan birjalar sifatida keng tarqalgan. Hozirgi zamon tovar birjalarida, asosan, standartlashtirilgan tovarlar, koʻproq ularning namunalari yoki standartlar asosida uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlar sotiladi. Eng yirik tovar birjalari NyuYork, Bombay va Liverpul (paxta), Chikago va NyuYork (don), London (metall)da joylashgan. Oʻzbekistonda 1991-yildan "Uzbekistan" respublika universal agrosanoat birjasi "Ulgurjibirjasavdo", 1994-yildan "Toshkent" Respublika tovarxom ashyo birjasi, va boshqa birjalar faoliyat koʻrsatadi 3. Birja tarixi haqida gapirib bering. Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi[1]: 'Birja(gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. B.da brokerlar, dilerlar, trey^ derlar faoliyat koʻrsatadi. B. va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi. 4. Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang. Birja bozor elеmеnti sifatida Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta`siri, undan ko`riladigan zararning darajasi va ko`lami birinchi navbatda Shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog`liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog`liqligini isbotlashga hojat yo`q, deb o`ylayman. O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo`yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini o`zi tartibga soladi, degan o`ta jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.3 Mamlakatimizda 1990-1991 yillardagi iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar o`ziga xos birja jarayoniga va birjalarning kеyingi rivojlanishiga olib kеldi. Rеal tovar bilan birja savdosi hozirda bozor kollapsini boshidan kеchirmoqda. Bozorning rivojlanishi bilan birjalar o`z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o`tdi: dunyoga kеlish, tеz o`sish, pasayish, birja faolligi, birjalarni qayta tashkil qilish. Ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida hali ko`p qiyinchiliklar kutib turibdi. Birja faoliyati bo`yicha boy tajriba to`plangan, birja kadrlari tayyorlangan, davlat qonunchiligi ishlab chiqilgan, birja ishi nazariyasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi birja sohasida kеyingi yangi sifat qadamlarini qo`yish uchun shart-sharoitlar yaratilgan dеb xulosa chiqariga imkon bеradi. Bozor sifatida birja xo`jaliklarning mikro va makro darajalarini, ya`ni erkin xo`jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog`laydi. Birja eng muhim bozor mеxanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o`zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mеxanizmi vositasida birja xo`jalik agеntlarini bozor o`zgarishlari, yangi sharoitlarning paydo bo`lishi, yangi tovar turlarining paydo bo`lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta`minlaydi. 5. Birjalarni ajratib turuvchi belgilarni sanab bering Биржалар фаолиятига давлатнинг аралашуви асос қилинган бош ғоя акциялар ва облигациялар олди-сотдиси жараёнига максимал аралашмасликка эришиш бўлди. Бу ғоя инқироздан кейин қабул қилинган қонун ҳужжатлари асосланадиган «ахборот тақдим этиш» тамойилида ўз аксини топди. Уларнинг муаллифлари шундан келиб чиқдиларки, агар корпорациялар акциядорларга фирма фаолияти ҳақида тўлиқ ва ишончли ахборот иақдим этадиган бўлса, бу автоматик равишда қимматли қоғозлар бозорининг барча нуқсонлари йўқолишига олиб келади, чунки акциялар ва облигациялар ҳақиқий қимматини осон аниқлаш мумкин бўлади ва улар билан турли махинациялар яққол кўриниб қолади. Download 34.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling