Тovar moddiy zahiralar hisobi


O’rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli


Download 135.11 Kb.
bet6/10
Sana27.10.2023
Hajmi135.11 Kb.
#1727342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tovar moddiy zahiralarining kirimini buxgalteriya hisobiga olish

O’rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usulining mohiyati shundaki, bunda tovar-moddiy zahiralari har bir birligining qiymati hisobot davri boshida bir turli tovar-moddiy zahiralari birliklar va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli birliklarning o’rtacha tortilgan qiymati bo’yicha aniqlanadi. Тovar-moddiy zahiralari birliklarining o’rtacha tortilgan qiymati (t) quyidagicha aniqlanadi:


T
t = ---;
Q

T -Тovar-moddiy zahiralari umumiy qiymati;


Q -Тovar moddiy zahiralarining birliklari soni.
Ushbu formula yordamida hisoblangan ТMZ birligining o’rtacha qiymati ular tannarxini hisoblash uchun qo’llanadi, ya’ni sotilgan birliklar miqdoriga ushbu qiymatni ko’paytirib sotilgan birliklar tannarxini aniqlansa, sotilmay qolgan (ombordagi) birliklarga ko’paytirib esa qoldiq birliklar tannarxi aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan misol va formuladan foydalananib tovarlarning o’rtacha tortilgan qiymatini hisoblaymiz:

6710
t = ------ = 13,42 so’m,


500
Demak, o’rtacha tortilgan qiymat usuliga muvofiq 1 may holatiga ТMZ qiymati 1342 so’m (100 dona x 13,42 so’m) ni tashkil qilgan. Shu davrda sotilgan tovarlar tannarxi esa 5368 so’m (400 dona x 13,42 so’m) ni tashkil qilgan.
Birinchi xarid narxlari bo’yicha baholash (FIFO - birinchi kirim, birinchi chiqim) usulining mohiyatiga ko’ra, birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan fikrga asoslanadi. Demak, bu usulda sotilgan tovarlar (chiqarilgan mah-sulotlar) tannarxini dastavval birinchi sotib olingan tovarlar tannarxi hi-sobiga, keyin esa navbatdagi sotib olingan tovarlar hisobiga shakillanib boradi va xokozo. Bunda sotilmay qolgan tovarlar qiymatini oxirgi harid narxlari tash-kil qiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib FIFO yordamida qoldiq va sotilgan tovarlarning tannarxini aniqlaymiz. Sotilgan (400 dona) tovarlar qiymati 5310 so’mni tashkil qiladi, ya’ni:
Qoldiq tovarlar qiymati 50 dona x 10 so’m = 500 so’m
Birinchi xarid 120 dona x 12 so’m = 1440 so’m
Ikkinchi xarid 150 dona x 15 so’m = 2250 so’m
Uchinchi xariddan 80 dona x 14 so’m = 1120 so’m
_________________________________________________________
Jami: 400 dona 5310 so’m

Demak, mavjud ТMZlardan 400 donasi sotilgan bo’lsa sotilmay qolganlari 100 dona bo’lib, ularning qiymati oxirgi harid narxlari bo’yicha hisoblanadi va uning hajmi 1400 so’m (100 dona x 14 so’m)ni tashkil qiladi.



Download 135.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling