Тovar moddiy zahiralar hisobi
Download 42.48 Kb.
|
Halimov Farrux
I-80-2 guruh talabasi Halimov Farruxning Iqtisodiyot fanidan ON ishi 7 variant 7-variant 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslardan samarali foydalanish yo'llari 2. Raqobatning mohiyati va obyektiv asoslari. 3. Agrosanoat integratsiyasi 1. Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi: 1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur? 2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? 3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi. Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi; korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash. Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi. Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin. Iste’molchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi, resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob beriladi: a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi; b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg‘unlashtirislining ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi. 3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. Bozor iqtisodiyotning yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan: uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi; fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati; turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo'yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud: bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma-larning qo‘shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash - bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib keladi; bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi. Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro'y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo’ladi. 2. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi. Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1 deb ko‘rsatib o‘tgan. Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotining asosiy obyektiv qonunlaridan biri, bozor munosabatlari takomillashib borishining muhim sharti hisoblanadi. Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish, bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir. Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, Tovar ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda sotish uchun kurashadilar. Firmalar, korxonalar, sotuvchilar, iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va to‘liq namoyon bo‘ladi. Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat. Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»1 deb yozadi. Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini davom ettirgan holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida, xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi»2 degan aniq va to‘liq fikrni bayon qiladilar. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xususiy mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi. Raqobat kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir. 3. Zamonaviy sharoitda agrosanoat komplekslarini shakllantirish qishloq xo'jaligi xom ashyosini ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni sotish korxonalarining yaqinlashishi va o'zaro ta'siri asosida sanoat va qishloq xo'jaligini organik birlashtirishni nazarda tutadi. ularga xizmat ko'rsatadigan sanoat tarmoqlari. Zamonaviy agrosanoat majmuasining asosiy xususiyati xomashyo ishlab chiqarish va qayta ishlashda, shuningdek, asosiy ishlab chiqarishdan chiqindi chiqindiga qadar kompleks qayta ishlashda yuqori ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi va sanoat o‘rtasida doimiy va bevosita aloqalarning mavjudligidir. tayyor mahsulotlar. Shuningdek, muhim yuqori daraja kompleksning barcha korxonalari rivojlanishining tarmoq va hududiy o‘zaro bog‘liqligi va mutanosibligi. Biroq bunday hududiy birlikni agrosanoat kompleksining barcha tarkibiy qismlarini yagona platforma doirasida joylashtirish deb tushunmaslik kerak. Agrosanoat majmuasini tashkil etuvchi bo'linmalar (qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qayta ishlash va sotish) ishlab chiqarish va iqtisodiy birlikni saqlash sharti bilan bir-biridan sezilarli masofada joylashgan bo'lishi mumkin. Shunday qilib, agrosanoat kompleksi- bu o'zaro bog'langan tarmoqlar ishlab chiqarishni tashkil etish shakli bo'lib, u tegishli qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalari ma'lum bir hududda xom ashyo olishdan tortib to mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan yagona ishlab chiqarish tsikliga organik ravishda birlashtirilgan ishlab chiqarish-hududiy tizim sifatida qaraladi. tayyor mahsulotlar. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash bo‘g‘inlari o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik ularning bir-birisiz normal faoliyat yurita olmasligidan dalolat beradi. Har qanday agrosanoat majmuasi qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti natijasida ichki birlik va yaxlitlik bilan ajralib turadi. Agrosanoat majmuasining asosiy qismi birgalikda foydalanish asosida rivojlanayotgani xarakterlidir mehnat resurslari, yordamchi va xizmat koʻrsatish obʼyektlari, energetika, taʼmirlash inshootlari, suv taʼminoti, kommunal xoʻjaligi, hudud jamoasi, tabiiy va tarixiy sharoitlar, tashkil etish va boshqarish usullari. Sanoatning qishloq xo'jaligi bilan yaqinlashishi va o'zaro ta'siri jarayoni deyiladi agrosanoat integratsiyasi, bu fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishidagi muhim qonuniyatdir. Agrosanoat integratsiyasi agrosanoat majmuasini rivojlantirishning obyektiv asosidir. Bunga ishlab chiqarishni yuqori darajada konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning sanoat usullari va ko‘p bosqichli texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoatni uyg‘unlashtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish hisobiga erishilmoqda. funktsiyalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrosanoat integratsiyasi yangi xususiyatlar kasb etadi, chunki integratsiya jarayonlari ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmasining kombinatsiya va kooperatsiyaga asoslangan o'zgarishi bilan bog'liq. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari, agrofirmalar, agrokonsortsiumlar va boshqalar kabi xo‘jalik yuritishning turli shakllari rivojlanmoqda.Agrosanoat integratsiyasi va xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuniga asoslanadi, bunda u o‘zini namoyon qiladi. ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, kooperatsiyasi va kontsentratsiyasini bosqichma-bosqich chuqurlashtirishda. Agrosanoat kompleksi integratsiyasining ikkita asosiy shakli - gorizontal va vertikal ko'rib chiqiladi. Kombinatsiya yuqori ixtisoslashgan qishloq xo'jaligi korxonalari yagona funktsiyani bajarish asosida bir hil mahsulot ishlab chiqaradiganlar gorizontal integratsiya deb ataladi, uning rivojlanishi bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan yagona butun qishloq xo'jaligi korxonalariga (yuqori ixtisoslashtirilgan ozuqa, urug'chilik xo'jaliklari va boshqalar) aylanishiga olib keladi. Vertikal agrosanoat integratsiyasi ishlab chiqarish, sanoatda qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotishni o'z ichiga olgan ishlab chiqarish jarayonining o'zaro bog'liq bo'lgan yagona yaxlit bosqichlarini birlashtirishdir. uning natijasi qishloq xo‘jaligi xom ashyosining ayrim turlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash asosida izchil rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish jarayonlarining barqaror majmualarining agrosanoat sikllarini shakllantirishdir. Ukraina ichida, masalan, yaxshi rivojlangan don, qand lavlagi, meva va ovokimyasal, yog 'va yog', efir moyi, lonopromislovy, go'sht, sut va ptahopromislovy ko'chadan bor. Sanoat va qishloq xoʻjaligining agrosanoat majmuasiga organik birikmasi rivojlanish natijasidir ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarishni taqsimlash va ijtimoiylashtirishning eng yuqori shakli. Agrosanoat integratsiyasi qishloq joylarida sezilarli o'zgarishlarni oldindan belgilab beradi, chunki mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini iqtisodiy va texnologik birlashtirish jarayoni natijasida yangi ko'k kasblarga ehtiyoj paydo bo'ladi, aholi punktlarining ayrim turlari shakllanadi va xizmat ko‘rsatish sohasi kengayib bormoqda. Agrosanoat majmualarining shakllanish qonuniyatlari qishloq xo‘jaligi xom ashyosi asosida faoliyat yurituvchi sanoat va qishloq xo‘jaligining o‘zi o‘rtasidagi o‘zaro yaqin aloqalarga asoslanishini ham ta’kidlash lozim. Zero, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi kompleks-formal korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish har doim qishloq xo‘jaligining o‘sha tarmoqlari bilan bevosita bog‘liq. xomashyo bazasi... Biroq, qishloq xo'jaligi va qayta ishlash sanoati o'rtasidagi aloqalarning mavjudligi agrosanoat majmualarini faqat turli bo'g'inlar (ishlab chiqarish birliklari) o'rtasida doimiy rivojlanish sharti bilan shakllanishiga olib keladi. Ayrim qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalari o'rtasida doimiy va bevosita iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ma'muriy aloqalarning rivojlanishi qishloq xo'jaligi va sanoatni bir ishlab chiqarish tsiklida qishloq xo'jaligi xom ashyosini ishlab chiqarishdan tortib uni sanoatda qayta ishlashgacha organik ravishda birlashtirish uchun sharoit yaratadi, birlashtirishga yordam beradi. ishlab chiqarish jarayonlari. Sanoatning bir qancha tarmoqlari tomonidan energiya, transport, kommunal xo‘jalik, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari, ta’mirlash ustaxonalari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari majmuasidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda. ish kuchi, va eng muhimi - xom ashyoni eng to'liq qayta ishlash. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini va uni sanoatda qayta ishlashni kombinatsiya asosida birlashtirish hudud resurslaridan (tabiiy, mehnat, moddiy va boshqalar) maksimal darajada foydalanish hisobiga ishlab chiqarish faoliyatining qoʻshimcha samarasiga olib keladi. Binobarin, kombinatsiya ishlab chiqarish jarayonining elementlari o'rtasida yaqin texnologik aloqalarni nazarda tutadi, buning natijasida agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishiladi. Agrosanoat integratsiyasining muhim xususiyati agrosanoat majmuasining barcha bo‘linmalarini yagona dastur doirasida muvofiqlashtirilgan mutanosib rivojlantirishdir. Korxonalar va tashkilotlarning texnologik va iqtisodiy birligi, agrosanoat majmuasining barcha bo'g'inlari faoliyatining tarmoqlararo va hududiy mutanosibligi asosida ijtimoiy mehnatning maksimal tejamkorligiga, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga erishiladi. yaxshilaydi. Agrosanoat integratsiyasi hududning ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy salohiyatining o‘sishiga ta’sir qiladi, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, xom ashyo tashishni sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi. va yarim tayyor mahsulotlar. Agrar-sanoat kompleksi konkret shakl sifatida hududiy tashkilot ishlab chiqarish agrosanoat integratsiyasining turli shakllarini tashkil etuvchi, tegishli hududning o'ziga xos sharoitida rivojlanadigan ma'lum bir tuzilma bilan tavsiflanadi. Agrosanoat jarayonining tahlili shuni ko'rsatadiki, Ukraina agrosanoat majmuasida agrosanoat integratsiyasining quyidagi asosiy yo'nalishlari rivojlangan: 1) qishloq xo'jaligi korxonalari hududida xomashyoni (sabzavotlarni, mevalarni) sanoatda qayta ishlashni tashkil etish, bu esa iqtisodiy samarani ta'minlaydi va yil davomida resurslarning bir xil bandligini ta'minlaydi; 2) kooperativ asosida qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha xo‘jaliklararo agrosanoat korxonalarini (birlashmalarini) (ovchekonserver va ozuqa zavodlari, inkubatsiya va parrandachilik stansiyalari) tashkil etish; 3) qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘z xomashyo zonalari doirasidagi qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash korxonalari, shuningdek, tayyorlov, transport va savdo tashkilotlari bilan uzoq muddatli shartnoma shartnomalarini tuzish. Xom ashyo ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlash korxonalari va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchilari o'rtasidagi bevosita aloqalar eng samarali hisoblanadi; 4) geografik, texnologik va tashkiliy jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan bir necha xil sanoat va korxonalarni birlashtirgan agrosanoat majmualarini yaratish. Kombinatsiyaning afzalliklari hudud resurslaridan maksimal darajada foydalanish, korxonalar va tashkilotlarning texnologik va iqtisodiy birligi, qishloq xo'jaligining barcha bo'g'inlari faoliyatining tarmoqlararo va hududiy mutanosibligi hisobiga ishlab chiqarish faoliyatining qo'shimcha samarasini olishdir. -sanoat majmuasi. Agrosanoat uyg'unligi g'oyasi hududiy integratsiya tamoyillarini vertikal integratsiya bilan yangi usulda uyg'unlashtirish, jarayonda muayyan hudud va boshqa hududlar aholisining ehtiyojlarini kombinat mahsulotlari bilan qondirish imkoniyatini yaratadi. bozor munosabatlarining rivojlanishini hisobga olgan holda ayirboshlash. Agrosanoat integratsiyasi negizida turli hududiy darajali (mamlakat, iqtisodiy rayon, ma’muriy rayon va ichki hududiy kichik hududlar) ixtisoslashtirilgan va yaxlit agrosanoat majmualari shakllanadi. Agrosanoat majmuasi shaklidagi eng muvaffaqiyatli agrosanoat integratsiyasi qishloq xo'jaligining mahsulotlari tez qayta ishlash yoki sotishni talab qiladigan tarmoqlar (sabzavot, meva, sut va boshqalar) asosida rivojlanmoqda. Agrosanoat majmualari hududiy birligi va ularning bo‘linmalarining ma’lum fazoviy chegaralanishi bilan tavsiflanadi. Agrosanoat majmualarining chegaralari tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda oqilona ishlab chiqarish tuzilmasi, chuqur ixtisoslashuvga ega doimiy resurs zonalarini aniqlash asosida belgilanadi. Download 42.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling