Tovar moddiy zaxiralar harakati operatsiyalari auditi


B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar


Download 19.49 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi19.49 Kb.
#1548486
1   2
Bog'liq
20. Tovar moddiy zaxiralar harakati operatsiyalari auditi

B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar.

  1. Inventarizatsiya;

  2. Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish);

  3. Material – ishlab chiqarish zahiralari kirimi va chiqimi hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;

  4. Hisobotda material – ishlab chiqarish zahiralarini xom-ashyo va materiallarga, tayyor maxsulotlarga sotish uchun mo’ljallangan tovarlarga to’g’ri turkumlanishini tekshirish;

  5. Material – ishlab chiqarish zahiralarini hisobotdagi qiymatini hisob bahosi bilan to’g’riligini tekshirish;

  6. Material – ishlab chiqarish zahiralari qiymat miqdorini hisobdan chiqarishni (ishlab chiqarishga berilgan yoki sotilgan) qabul qilingan hisob siyosatiga mosligini tekshirish;

  7. Yaroqsiz holga kelib, sotish qobiliyatini yo’qotgan zahiralarni korxona balansidan hisobdan chiqarishni tekshirish;

  8. Sodir bo’lgan xo’jalik muomilalarini tekshirayotgan davrga taalluqli ekanligini tekshirish;

  9. Sotib olingan va chiqib ketgan material – ishlab chiqarish zahiralari bahosini dastlabki hisob hujjatlari bilan solishitirib tekshirish;

  10. Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish;

  11. Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati;

  12. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot;

  13. Tanlab tekshirish natijalarini tahlili;

  14. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati;

  15. Audit bo’limi bo’yicha xulosa.

Ombor xo’jaligining ahvoli va tovar-moddiy zahiralar saqlanishini tekshirish eng muhim auditorlik amallaridan biri bo’lib hisoblanadi. Korxona faoliyatining ushbu sohasini har tomonlama o’rganish uchun auditor omborlar, tsexlar va ishlab chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab chiqarish zahiralarini saqlash sharoitlari, yong’in xavfining oldini olish, omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to’g’ri ishlatilishi, ombor binolarini qo’riqlash holati ham o’rganiladi. Ombor xo’jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zahiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi.
O’rganish jarayonida moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishga aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e’tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o’lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari ko’rsatilgan standartlar yoki yo’riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni saqlash joylarini ko’zdan kechirish chog’ida moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo’yicha ular qiymatliklarni qabul qilish va berishni rasmiylashtirish, hamda omborxona hisobi daftari yoki kartochkalariga yozishni o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo’llar bilan vujudga kelishi mumkin:

  • tayyor mahsulotlarni tayyorlash chog’ida xom ashyolarni almashtirish; xom ashyo va materiallarni topshiruvchilarning og’irlikdan urib qolishi, namligini oshirib ko’rsatish va ularning navlarini pasaytirish; tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo’natish chog’ida o’lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar;

  • moddiy qiymatliklarni yuklash-tashish-tushirish yoki saqlash chog’ida yo’qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o’xshash.

Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar odatda alohida saqlanadi. Ularni aniqlash uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Agar hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo’lsa, alohida turdagi materiallarning ma’lum davrlardagi chiqimi, qoidagi ko’ra, ularning kirimidan oshib ketadi (qizil bilan chiqish). Bunday oshiqcha sarflashlar shu nomdagi materiallarning keyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qoplanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazish jarayonini ikki qismga bo’lish mumkin:

    1. Inventarizatsiya o’tkazish orqali ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash;

    2. Moddiy qiymatliklarni hisob va hisobotda to’g’ri baholashni hamda aks ettirishni tekshirish.

Auditorlik amallari inventarizatsiyagacha, inventarizatsiya vaqtida va undan so’ng bajariladigan amallarga bo’linadi. Inventarizatsiyani boshlagunga qadar auditor oldingi o’tkazilgan inventarizatsiya natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni so’rab olib, zahiralarning tarkibiy va miqdoriy o’zgarishlarini tahlil qiladi, zahiralarni saqlash joylari haqida, hamda inventarizatsiya ishlarining tashkil etilishi to’g’risida ma’lumotlar to’playdi.
Moddiy boyliklarni omborxona va boshqa saqlash joylarida hisobga olinishini tekshirish ularni inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Tekshirishni boshlashdan oldin auditor moddiy boyliklar saqlanadigan barcha joylarni aniqlash va tanlab inventarizatsiya o’tkaziladigan boyliklar ro’yxatini alohida tuzishi lozim.
Ish boshlanishidan oldin auditor korxona rahbari bilan inventarizatsiya komissiyasini tuzish to’g’risida kelishib oladi. Korxona rahbari bu haqda buyruq chiqaradi. Uning bir nusxasi inventarizatsiya o’tkazish komissiyasi a’zoliriga beriladi, komissiya raisiga nazorat so’rg’ich (plomba)lagichi topshiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga, odatda, moddiy javobgar shaxslardan tashqari, korxona rahbariyati vakillari, mutaxassislar ham kiritiladi.
Agar moddiy javobgar shaxs mehnat ta’tilida yoki uzoq vaqtdan beri kasal bo’lsa, ayrim auditorlar inventarizatsiya o’tkazishni o’sha shaxssiz bajarishga qaror qilib katta xatoga yo’l qo’yishadi. Vaholanki, moddiy boyliklar etishmovchiligi aniqlangan taqdirda moddiy javobgar shaxs keyinchalik uni tan olmasligi va uning natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin.
Agar moddiy javobgar shaxs uzrli sabab bilan ishda bo’lmasa, auditor omborxonani muhrlab qo’yib, inventarizatsiya o’tkazishni u ishga tushgandan so’ng bajarishi lozim.

Download 19.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling