Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


Download 159.27 Kb.
bet1/17
Sana31.01.2023
Hajmi159.27 Kb.
#1144411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
13-mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI


TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI
Reja:
13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
13.2. Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlash va baholash
13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari
13.4. Materiallar kirimi va sarflanishini hisobga olish hamda xujjatlashtirish
13.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi.
13.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: ishlab chiqarish zahiralari, tovar-modiy zahiralar harakatini hujjatlarda, tovar va xizmatlar, sotib olingan materiallarning qaydarilishi, kirimi va chiqimini hisobga olish, chet korxonalar va ularning xizmatlari, savdo ustamasi


13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
Tovar-moddiy zaxiralar deb nomlangan milliy standart (4-son BHMS)da quyidagi ta'rif keltiriladi: “tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar”.
Xalqaro standartlarda (2-son BHXS) tovar moddiy zaxiraga quyidagicha yondoshiladi:
Tovar-moddiy zaxiralar bu quyidagi aktivlardir:
odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan ;
bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar”Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovar-moddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi.
Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha baholanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
Sotib olish xarajatlari
Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik sub'ektiga keyinchalik qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq boshqa jami xarajatlar kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim.
2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan:1
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir:
- odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan;
- bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
- ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar.

Download 159.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling