Tovar-moddiy zaxiralarining buhgalteriya hisobi qanday? Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar (tmz) hisoblanadi


Download 60.46 Kb.
bet3/3
Sana22.02.2023
Hajmi60.46 Kb.
#1219835
1   2   3
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralari hiisobi

Sof sotish qiymati, NRV nima?
Hop, biz o'z zaxiramizni tannarxda yoki NRV qiymatida baholash kerakligini bilamiz. Ammo NRV aniq nima? Buni qanday hisoblashim mumkin? Bu adolatli/haqqoniy qiymat bilan bir xilmi? TMZni uning sof sotish qiymatiga tushurish uchun qanday buhgalteriya operatsiyasini bajaramiz?
NRV formulasi quyidagicha:
Sof sotish qiymati (NRV) = Sotish narxi - Ishlab chiqarish uchun sarf-xarajatlar (agar tayyor mahsulot bo'lmasa) - Sotish xarajatlari

Agar siz TMZ qiymati uning NRV dan yuqori ekanligini aniqlasangiz, TMZni sof sotish qiymatiga tushurib qo’yishingiz kerak. Bunda, TMZga yetgan zararni ko’rsangiz, yoki tayyor mahsulotingizga bozordagi narxni tushib ketganini ko’rsangiz, NRVni eslang! TMZni NRVga tushirish davr davomidagi tannarxga buhgalteriya operatsiyasi orqali beriladi.


Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq buxgalteriya operatsiyalar bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar uchun ilovani ko’zdan kechiring.
Ilova – Buhgalteriya operatsiyalari
Tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib beruvchidan $100 (shu jumladan, $20 QQS) sotib olgandi, 60 kunlik to'lov muddati bilan:
Dt. TMZ 80
Dt. QQS bo’yicha qarzdorlik 20
Kt. Kreditor qarzdorlik (100)


$10 transport xarajatlari va $5 import bojlarini to'lashda:
Dt. TMZ 15
Kt. Bank (15)


Yetkazib beruvchidan kutilmagan $20 keshbek bonus qaytib keldi, shundan $10 zaxiradagi materiallar uchun, $10 esa sotilib bo’lgan TMZ uchun:
Dt. Bank 20
Kt. TMZ (10)
Kt. Sotuv tannarxi (10)
Avgust oyi uchun $5 qo'shimcha xarajatlar (ijara, amortizatsiya, xodimlar, kommunal xizmatlar) sarflanganda. Shuning 20% to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish bilan bog’liq:
Dt. TMZ 1
Dt. Davr xarajatlari 4
Kt. Kreditor qarzdorlik (5)
Buyurtmachiga mahsulot yuborish uchun $3 transport xarajati to'langanda:
Dt. Sotish xarajatlari 3
Kt. Bank (3)


Mahsulotni tadqiqot/research ($2000) va rivojlantirish (tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarish)/ development ($5000) bilan bog'liq xarajatlar bo'yicha:
Dt. Sotish xarajatlari 2,000
Dt. Nomoddiy aktiv 5,000
Kt. Kreditorlik qarz / Bank (7,000)


$100 tovarlarni $200 naqd pulga sotishda:
Dt. Naqd pul 200
Kt. Daromad (200)
Dt. Sotuv tannarxi 100
Kt. TMZ (100)


Sof sotish qiymati $700ga past bo'lgan TMZ aniqlanganda:
Dt. Sotuv tannarxi 700
Kt. TMZ (700)
Download 60.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling