Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti
Download 357.27 Kb.
|
Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasniflash belgilari Xarajatlar turlari
jadvalXarajatlarning turli belgilariga asosan tasnifi2
Noishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmagan xarajatlar kiradi. Ularga sotish xarajatlari, boshqarish xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar kiradi. Yuqoridagilardan tashqari mahsulot tannarxi hisobini yuritishda xarajatlar rejalashtirilishi bо‘yicha rejalangan va rejalanmagan xarajatlarga bо‘linadi. Rejalanadigan xarajatlar korxonalar faoliyatida asosan biznes rejalarida belgilangan kо‘rsatkichlar asosida shakllanadi. Rejalanmagan xarajatlar asosan rejada kо‘zda tutilmagan xarajatlar bо‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tarkibiga kо‘ra oddiy xarajatlar va kompleks xarajatlariga bо‘lish mumkin.
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarini boshqarish xarajatlari, shuningdek u yoki bu mahsulot turiga bevosita kiritish mumkin bо‘lmagan turli ishlab chiqarish xarajatlarini о‘z ichiga oladi. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog‘liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qо‘yilmalar (capital expenditures) deyiladi. Remont xarajatlari, uskunalarga xizmat kо‘rsatish, yoqilg‘i sotib olish sarflari nokapital sarflar yoki xarajat (reVenul expendit) yoki hisobot yilida daromad olish maqsadida qilingan xarajatlardir. Kapital qо‘yilmalar bilan xarajatlarni bir – biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qо‘yilma esa bir necha yillardan keyin daromad keltira boshlaydi. Kapital qо‘yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni о‘stirish va ularni yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Asosiy vositani о‘sishi (additions) deganda ishlab chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi.4 Kapital qо‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida qiladigan sarf xarajatlaridir. 21-sonli BHMSga muvofiq, kapital qо‘yilmalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Kapital qо‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi pappandalar, quyonlar, asalarilar, qо‘piqlovchi itlar, tajriba uchun mо‘ljallangan hayvonlardan 4 Б.Нидиз, Х.Андерсон, Д. Колдуэлл «Принципи бухгалтерского учёта» 196 – 219 бет. tashqapi) asosiy podasini tashkil qilish bо‘yicha xarajatlar yig‘indisi.5 Korxonalarning kapital qо‘yilmalarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash maqsadga muvofiqdir: Download 357.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling