Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti


Xarajatlarning iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha tahlili


Download 357.27 Kb.
bet7/21
Sana06.11.2023
Hajmi357.27 Kb.
#1750422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti-1

4. Xarajatlarning iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha tahlili
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha;
Xarajatlarning kalkulyatsion moddalari bo’yicha.
Xarajatlarni elementi bo’yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko’rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarini nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil etish, oborot mablag’larini tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati tug’iladi.
Xarajatlarni elementlari bo’yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig’imi, mehnat sig’imi va fond sig’imi darajalari bo’yicha tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat elementning tutgan salmog’i aniqlanib, o’tgan yildagisi hamda smetadagi ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi va bu ko’rsatkichlarni o’zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo’yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni, bo’limlar va korxona bo’yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo’yicha o’rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo’yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko’rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o’zgarishi va uning tarkibi bo’yicha o’zgarishlari mutloq va nisbiy jihatdan o’rganiladi. Nisbiy jihatdan o’rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog’iga baho beriladi.

5. Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlarining tahlili
Iste’mol fondi xarajatlari deganda korxonada band bo’lgan xodimlar va ular nomidan to’lanadigan xarajatlar tushuniladi. Bunga, mehnat haqi sifatida hisoblanadigan va to’lanadigan xarajatlar, to’lovlar, rag’batlantirishlar kiritiladi. Xodimlar nomidan to’lanadigan to’lovlar tarkibiga ularning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, kiyim-kechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to’lovlar, ularni o’qitish bilan bog’liq va boshqa shu kabi to’lovlar kiritiladi.
Mehnat haqi – bu jamiyat ko’lamida Milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o’rtasida ular mehnatini miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir. Korxona mehnatga haq to’lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish va ularni shakllantirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lishiga erishishdan, mahnatga haq to’lashga tekischilik elementlarini bartaraf etishdan iborat.
Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda mehnat haqi fondining reja va o’tgan yillarga nisbatan o’zgarishi va o’zgarish sabablariga, bir xodimga to’g’ri keladigan o’rtacha mehnat haqi fondi hamda uning o’zgarishiga baho beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi. Bu bevosita kredit tashkiloti hisoblangan bank tizimi va uning bo’limlari bo’lishi mumkin. Mehnat haqi fondining hisoblanishi va berilishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili qayta tuziladigan uslubiy yo’riqnoma bu boradagi me’yoriy hujjat sifatida olinadi.
Bugungi kunda korxonalarda xodimlarning ish haqini tahlil etishning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

    1. Bazis davri va rejadagi ish haqi fondining realligini baholash;

    2. Ish haqi fondining mutloq va nisbiy farqlarini aniqlash;

    3. Ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan o’lchash;

    4. Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni hisoblash;

    5. Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatni tannarxga bo’lgan ta’sirini hisoblash.

Ish haqini mutloq farqini aniqlash uchun sarflangan ish haqi fondini bazis davridagisi bilan taqqoslash lozim. Nisbiy farqni aniqlash uchun haqiqiy sarflangan hisobot davridagi ish haqi bazis davridagi ish haqini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.






  1. Download 357.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling