Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti
- Mavzu: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili
Download 357.27 Kb.
|
Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti-1
28- Mavzu: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili
Reja: Asosiy vositalarning texnik holati tahlili Asosiy fondlarning yangilanish dinamikasi va mehnatning fond bilan qurollanishi tahlili Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yangi asosiy vositalarni kirimi tufayli asosiy vositalar ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarning ro‘y berishi asosiy vositalarning texnik holatini tahlil etishni taqozo etadi. Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: – asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi; – asosiy vositalarning eskirish darajasi. Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsiyenti (Kyar) ularning qoldiq qiymatini daslabki qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Asosiy vositalarni eskirish koeffitsiyenti (Ke), ularning eskirish summasini asosiy vositalarni dastlabki qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo‘ladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qa’bul qilinadi. Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1- shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi» hisobot shakllaridan olinadi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektining asosiy vositalari texnik holatiga baho berish mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada joriy yilda asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi o‘tgan yilga nisbatan 1,88 % ga ko‘tarilgan bo‘lib, jami asosiy vositalarning 50,54 % ini tashkil etmoqda. qolgan 48,76 % asosiy vositalar o‘zining xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan hamda eskirgan asosiy vositalar tashkil etadi. Korxonada asosiy vositalarning texnik holati ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘lsada, asosiy vositalarning umumiy texnik holati yetarli darajada, deb baholay olmaymiz. Chunki asosiy vositalarning teng yarmiga yaqini eskirganligi bu yaxshi natija emas. Shu sababli ham korxona ma’muriyati asosiy vositalarini yanada ko‘proq qismini yangilab borish choralarini izlab topishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Asosiy fondlarning yangilanish dinamikasi va mehnatning fond bilan qurollanishi tahlili Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketish koeffitsiyentlari kiritiladi. Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshiga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Ya’ni ushbu koeffitsiyentlarni aniqlashni quyidagi formulalar orqali ham ifodalashimiz mumkin: Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti esa quyidagi tartibda aniqlanadi: Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bitta tarkibi bo‘yicha berib o‘tish mumkin. Tahlil jarayonlarida asosiy vositalarning yangilanish va ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga ham e’tibor beriladi. Bunda korxonaning asosiy vositalarini yangilash manbalari bo‘lib: • kapital qo‘yilmalar va investitsiyalar; • xususiy kapitalning o‘sishi; • uzoq muddatli kreditlar va qarzlar; • maqsadli moliyalash va subsidiyalar; • tekinga olingan asosiy vositalar; • grantlar va boshqa manbalar hisoblanadi. Asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: • asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi; • asosiy vositalarning jismoniy eskirishi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelishi; • asosiy vositalarning ortiqchaliligi; • asosiy vositalarni sotish; • o‘g‘irliklar, yo‘qotishlar va boshqa chiqimlar. Download 357.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling