Tovush murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta‘rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi
Download 1.77 Mb.
|
Unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imloviy savo
B va A fonemalarini bir-biriga solishtirsangiz, ular bir qator belgilari bilan farqlanganini ko'rasiz. Birinchidan, B fonemasini talaffuz etganda o'pkadan chiqayotgan havo oqimini labning labga tegishidan hosil boigan to'siqqa urilib, uni yorib portlab chiqadi. A fonemasini talaffuz qilayotganda esa o'pkadan chiqayotgan havo hech yerda to'siqqa uchramaydi. Demak, fonemalar o'rtasidagi birinchi farqlanish to'siqqa uchrash-uchramaslik belgisi ekan.
Ikkinchidan, b fonemasini talaffuz qilganingizda shov-qinga ovoz qo'shiladi. A fonemasi esa faqat ovozdan iborat. Ko'rinadiki, B va A lar o'rtasidagi ikkinchi farqlovchi belgi shovqin belgisidir. Bu belgi B da bor, A da yo'q. Uchinchidan, a so'z ichida kelib, bo'g'in hosil qiladi. B esa bunday xususiyatga ega emas. Demak, fonemalarni farq-lash uchun xizmat qiladigan belgilardan yana biri bo'g'in hosil qilish-qilmaslik belgisidir. Yuqorida sanab o'tgan belgilarga ko'ra fonemalar ikki katta guruhga bo'linadi: 1) unli fonemalar; 2) undosh fonemalar. Unli fonemalar talaffuz qilinayotganda, o'pkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday to'siqqa uchramaydi. Faqat un (ovoz)dan iborat boigan va bo'g'in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida oltita unli fonema mavjud: i, u, e, o', o, a. Talaffuz qilinayotganda o'pkadan chiqayotgan havo oqimi maium to'siqqa uchraydigan, shovqin ishtirok etadigan va bo'g'in hosil qilolmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, to‘g‘ri va xatosiz yozish har birimiz uchun muhimdir. Buning uchun esa, avvalo, tovushlarning talaffuzi va imlosidagi farqlarda yaxshilab o‘zlashtirishib olishimiz kerak. Chunki harflarni to‘g‘ri yozish imlo qoidalarining dastlabkisi hisoblanadi. Bu qoidalarni bilmasdan turib xatosiz yozishimiz mushkul. Shuning uchun yuqoridagi kabi qoidalarni o‘zlashtirib olish darkor. A DABIYOTLAR: O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni. // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: SHarq, 1997. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: SHarq, 1997. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining axborotnomasi, 7maxsus son. - T.: SHarq, 1999. Boshlang‘ich ta‘lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti // Boshl. ta‘l. jurnali. - Toshkent, 2005. - №5. 5, 6, 8-9-betlar. Boshlang‘ich ta‘lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshl. ta‘l. jurnali. Toshkent, 2005. - №5. 21- 33 – betlar. G‘oziyev E ‖Umumiy psixologiya‖T.2010 Vohidov E ―Nido‖T.2019 3. www.uzedu.uz UMUMIY SAVODXONLIK. SAVODXONLIK SO'ZINING MA'NOSI //MYWORDWORLD.RU E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O‘zbek tilining imlo lug‘ati.–Toshkent: Akademnashr. 2013. – b.10. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O‘zbek tilining imlo lug‘ati.–Toshkent: Akademnashr. 2013. – b.11. Baxtiyor Mengliyev, Sharofat Toshmirzayeva, Saodat Atoyeva, Saida Majidova Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 11- sinfi uchun darslik. Toshkent:O‘qituvchi― 2020. – b.9. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O‘zbek tilining imlo lug‘ati.–Toshkent: Akademnashr. 2013. – b.12. N.MAhmudov, A.Sobirov, SH. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 5-sinf uchun darslik. – Toshkent. G‗afur G‗ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2020. – b.87. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling