Tovushlar va harflar


Download 29.63 Kb.
bet2/6
Sana14.11.2021
Hajmi29.63 Kb.
#174339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy

Darsning maqsadi : Talabalarning grammatika, imlo va nutq o`stirish darslarida o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan talablar va boshlang`ich sinf o`quvchilarini so`z minimumi nuqtai nazaridan tahlil qilish metodikasi xususida bilimlarini to`ldirish.

Dars metodi: Aqliy hujum, klaster, blits-so`rov

Dars jihozi: : “Ona tili” darsliklari, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko`rgazmalar

Mavzu bayoni:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.


Download 29.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling