To’yingan uglevodorod (alkan) larning gomologik qatori, ularning elektron va fazoviy
TO’YINGAN UGLEVODORODLARNING GOMOLOGIK QATORI
Download 57.58 Kb.
|
slayd nodira
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALKANLAR NOMENKLATURASI
- TO’YINGAN UGLEVODORODLARNING ELEKTRON VA FAZOVIY TUZILISHI. Alkanlarning elektron va fazoviy tuzilishlarini metan misolida ko’raylik. Metanning molekulyar formula
- Alkanlarning nomenklaturasi
TO’YINGAN UGLEVODORODLARNING GOMOLOGIK QATORI
Gomolog - grekcha o’xshash deganidir. Kimyoviy xossalari jihatidan o’xshash bo’lib molekulalarining tarkibi jihatidan bir – biridan bir yoki bir necha CH2 gruppa bilan farqlanuvchi birikmalar gomologlar deyiladi va gomologik qatorni hosil qiladi. Gomologik qatorda har qaysi uglevodorod o’zidan oldindagi uglevodoroddan CH2 atomlar gruppasiga farq qiladi. CH2 gruppasiga gomologik farq deyiladi. To’yingan uglevodorodlarning gomologik qatorini nemis olimi Karl Shorlemmer tekshirgan. Alkanlarning gomologik qatori tarkibida C – C bog’I bo’lmagan eng sodda uglevodorod CH4 –ni ham o’z ichiga oladi. Bu birikma to’yingan uglevodorodlarning eng sodda birinchi vakili bo’lib, unga metan (CH4) deyiladi. Normal to’yingan uglevodorodlarning gomologik qatori (tarmoqlanmagan) molekulalari va ularning bir valentli qoldiqlari (alkillar) quydagi jadvalda berilgan. ALKANLAR NOMENKLATURASI
TO’YINGAN UGLEVODORODLARNING ELEKTRON VA FAZOVIY TUZILISHI. Alkanlarning elektron va fazoviy tuzilishlarini metan misolida ko’raylik. Metanning molekulyar formulasi CH4. Uning elektron (oktet) formulasi ( ), uning tuzilish formulasi ( ). Uglerod atomining nisbiy elektoromanfiyligi (HEM) 2,5 vodorodnikiga (2,1) nisbatan kattaroq bo’lgani uchun metan molekulasida unmumiy elektron juftlar uglerod atomi tomon biroz siljigan bo’ladi. Lekin bu formulalar metan molekulasining fazoviy tuzilishini ifodalamaydi. Uglerod va vodoroq atomlaridan CH4 molekulasi hosil bo’lishida uglerodning elektronlari tashqi energiya hisobiga normal holatdan uyg’ongan (xayajonlangan) holatga o’tishi kerak. Masalan :
6C
Quydagi rasmlarda uglerod atomida s – va p elektron bulutlarining gibridlanish sxemsi (a va b) va gibridlangan elektron bulutlarining fazoda joylanishi (b) hamda metan molekulasi (r) uglerod atomining gibrid elektron bulutlarining vodorod atomlarining s – elektron bulutlari bilan qoplanishi keltirilgan. Metan molekulasida atomlarning fazodagi joylanishi tetraedrik va shar sterjenli ko’rininishida quydagi rasmlarda tasvirlangan. Etan molekulasining elektron (oktet) formulasi ( ) va tuzilish formulasi ( ) hamda fazoviy tuzilish modelini quydagicha tasavvur qilish mumkin: Metan va etanning elektron formulasida (oktet formulada) molekula hosil qilishda ishtirok etadigan atomlarning tashqi elektronlari ifodlalangan. Bu juft elektronlar atomlar orasida kimyoviy bog’lanish hosil qiladi yoki bo’sh holatda qoladi. Uglerod atomlari sp3 – gibridlanishda uning 4 ta elektron orbitallari o’zaro 1090,281 burchak harakatlanadi. Quyida to’yingan uglevodorodlar zanjirining umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan : Alkanlarning nomenklaturasi Alkanlarni nomenklaturasini (nomlanishini) yaxshi bilish to’yingan uglevodorodlarni chuqur o’rganishni asosidir. XIX asrning 60 – yillaridan boshlab organik birikmalarning nomenklaturasini yaratish bo’yicha bir qancha urinishlar bo’ldi Masalan: Rasional nomenklatura 1892 – yilda qabul qilingan va 1924 – yildangina qo’llanila boshlangan Jeneva nomenklaturasi, 1930 – yilda Lyuis nomenklaturasi shular jumlasidandir. Ammo bu nomenklaturalar kamchiliklardan xoli bo’lmagani uchun keng tarqalmadi. 1947 – yilda Londonda (IUPAC) ning umumjahon kengashida organik moddalarni nomlashga doir xalqaro qoidalar ishlab chiqarishga doir maxsus qaror qabul qilingan. 1957 – yildagina IUPAC ning organik birikmalarni nomlash qoidalari ishlab chiqilgan. 1965 – yilda hamda 1986 – yilda Moskvada IUPAC ning VI – kongresida xalqaro nomenklatura qoidalariga bir qator o’zgartirishlar kiritildi va hozirga qadar bu qoidalar batamom tugallangan emas. Organik moddalarni IUPAC qoidalari asosida nomlashda quydagi asosiy qoidalariga amal qilinadi: Uglevodorod tarmoqlanmagan zanjirdan iborat bo’lsa, ya’ni molekulani tashkil qiluvchi har bir uglerod shu molekuladagi boshqa uglerod atomlari bilan birlamchi bog’ vositasida bog’langan bo’lsa, u holda uglevodorod molekulasini tashkil qiluvchi uglerodlarning soni grek yoki lotin so’zi bilan ifodalanadi va - an qo’shimchasi qo’yiladi (pentandan boshlab): masalan : Bunday normal tuzilishga ega bo’lgan alkanlarni va alkillarni ayrim paytlarda “n” harfi bilan ham belgilanadi. Uglevodorod tarmoqlangan zanjirdan iborat bo’lsa, ya’ni molekulada uglerod atomlari o’zaro birlamchi bog’ orqali bog’langan bo’lsa, bunday tuzilishdagi uglevodorodlarni nomlashda ; Uglerod atomlarining eng uzun (bosh) zanjiri tanlanadi; Bosh zanjirga kirmagan, unga yaqin joylashgan alkil radikallari tomonidan bosh zanjirdagi uglerod atomlari nomerlanadi; Uglevodorod nomining (bosh zanjir nomining) oldidan radikal nomi qo’shiladi, bunda bosh zanjirdagi qaysi uglerod atomida joylashgan soni ko’rsatiladi, bunda avval eng sodda radikallar, keyin esa murakkabroqlari ko’rsatiladi; Bir xil radikallar soni grekcha sonlar : di -, tri - , tetra - , penta - , geksa - , gepta – va hklar bilan belgilanadi. Masalan : Organik biikmalarda uglerod 4 – valentli, shu bilan birga uglerod zanjiridagi uglerod atomlarining ; Uchta valentligi vodorod atomlari bilan bog’lanishga va bittasi boshqa uglerod atomi bilan bog’lanishga sarf bo’lgan bo’lsa birlamchi : Ikkita valentligi vodorod atomlari bilan bog’lanishga va ikkitasi boshqa uglerod atomlari bilan bog’lanishhga sarf bo’lgan bo’lsa ikkilamchi : Bitta valentligi vodorod atomi bilan bog’lanishga va qolgan 3 tasi boshqa uglerod atomlari bilan bog’lanishga sarf bo’lgan bo’lsa uchlamchi : Hamma to’rtta valentligi ham uglerod atomlari bilan bog’lanishga sarf bo’lgan bo’lsa, to’rtlamchi deyiladi : Masalan : 2,2,3 - trimetil pentan molekulasida Bosh zanjirdagi uglerod atomlari 1 – chi va 5- chi – birlamchi; 4 – chi – ikkilamchi; 3 – chi – uchlamchi; 2 – chi – to’rtlamchi; Bir valentli uglevodorod radikallari ulardagi bo’sh valentlik qaysi uglerodga tegishli ekanligiga muvofiq holda Birlamchi uglerod atomida bo’lsa – birlamchi so’zi qo’shiladi masalan : Ikkilamchi uglerod atomida bo’lsa – ikkilamchi deyiladi masalan: Uchlamchi uglerod atomida bo’lsa - uchlamchi deyiladi. masalan: Download 57.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling