100
60-yillar O‗zbekistonda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi.
101
60-yillar oxirlarigacha 1) Farg‗ona vodiysi, 2) Samarqand viloyati ham televizion
ko‗rsatuvlar bilan ta‘minlandi.
102
60-yillar qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil etildi.
103
60-yillar iqtisodiy islohoti jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy rivojlanishiga, ishlab
chiqarish munosabatlarining tub mohiyatiga daxl qilmadi.
104
60-yillar
oxirida «rivojlangan sotsializm» tushunchasi ilmiy va siyosiy hayotga kirib keldi.
105
60-yillar
8 ta yangi oliy o‗quv yurti –
1) Andijon paxtachilik instituti,
2) Farg‗ona politexnika instituti,
3) Samarqand arxitekturaqurilish instituti,
4) Termiz viloyat pedagogika instituti,
5) Sirdaryo viloyat pedagogika institut,
6) Toshkent viloyat pedagogika institutlari,
7) Andijon tillar pedagogika instituti,
8) Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika instituti tashkil etildi.
106
60-yillar akademik S. N. Rijov sug‗oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasi haqidagi
tushunchani ishlab chiqdi va sug‗oriladigan tuproqlar tip sifatida belgilandi.
107
60-70-yillar
O‗zbekiston teatr jamoalari
1) I.Sultonning «Noma‘lum kishi»,
2) S. Azimovning «Qonli sarob»,
3) Oybekning «Qutlug‗ qon»,
4) Uyg‗unning «Qotil»,
5) A. Qahhorning «Ayajonlarim»,
6) S. Ahmadning «Kelinlar qo‗zg‗oloni»,
7) O‗. Umarbekovning «Shoshma, quyosh» va boshqa asarlarini sahnalashtirib,
tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‗ldilar.
108
60-80-yillar
O‗zbek she‘riyatining taraqqiyoti A. Oripov, E. Vohidov, J. Kamol, N. Narzullayev,
B. Boyqobilov, G. Jo‗rayeva, O. Hojiyeva, H. Xudoyberdiyeva, O. Matjon va boshqa
ko‗plab shoirlarning ijodiy kamoloti bilan bog‗liq holda ro‗y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |