45
1335
1916
5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog‗ida, keyinchalik Siyob, Mahalla, Xo‗ja
Ahror, Angorda norozilik chiqishlari boshlandi.
1336
1916
7-iyulda Dahbedda norozilik chiqishlari bo‗lib o‗tdi.
1337
1916
11-iyulda Toshkentda ko‗p sonli aholi Beshyog‗ochdagi politsiya mahkamasi
oldiga to‗plandilar. (Rizvonbibi Ahmadjonova boshchiligida)
1338
1916
iyul oyining o‘rtalarida Farg‗ona viloyatining Qo‗qon, Rishton, Marg'ilon, Andijon,
Namangan uyezdlarida keskin tus oldi.
1339
1916
9-iyul kuni Andijonda tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan qurollangan
aholi mardikorlikdan bosh tortib namoyishga chiqdilar.
1340
1916
10-iyulda Eski Marg‗ilonda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor
atrofiga yig‗ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: