So’nggi yangiliklardan yana biri shuki, hozirgi zamon elektr mashinalari elektr manbalari elektromagnitaviy jihatdan bir-biriga mos kelishi (EMMK) shart. Xalqaro elektrotexnik talablar bo’yicha EMMK - bu elektr manbai bilan elektr motori orasidagi monandlikdir, ya'ni manbaga ulangan elektr motor ko’rsatkichlari motor pasportida ifoda etilgan ko’rsatkichlarga mos kelishlikka erishish qobiliyatidir. 1996 yilda Germaniyada EMMK to’g'risidagi qonun kuchga kirgan. Bu qonunga binoan barcha elektr mashinalar va boshqa jihozlar sertifikatsiya qilinib, EMMK ligini ko’rsatuvchi SE belgisiga ega bo’lishi lozim. Mahsulotni attestatsiya qilishda foydalanish uchun EMMK bo’yicha 500 dan ortiq standartlar qabul qilingan. - So’nggi yangiliklardan yana biri shuki, hozirgi zamon elektr mashinalari elektr manbalari elektromagnitaviy jihatdan bir-biriga mos kelishi (EMMK) shart. Xalqaro elektrotexnik talablar bo’yicha EMMK - bu elektr manbai bilan elektr motori orasidagi monandlikdir, ya'ni manbaga ulangan elektr motor ko’rsatkichlari motor pasportida ifoda etilgan ko’rsatkichlarga mos kelishlikka erishish qobiliyatidir. 1996 yilda Germaniyada EMMK to’g'risidagi qonun kuchga kirgan. Bu qonunga binoan barcha elektr mashinalar va boshqa jihozlar sertifikatsiya qilinib, EMMK ligini ko’rsatuvchi SE belgisiga ega bo’lishi lozim. Mahsulotni attestatsiya qilishda foydalanish uchun EMMK bo’yicha 500 dan ortiq standartlar qabul qilingan.
- Rossiya va bir qator davlatlar o’z mahsulotlarini sotishni ta'minlash uchun o’z normalarini xalqaro normalarga mos kelishi yo’lida ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Rossiyaning qator korxonalari NIPTIEM aktsiyadorlik jamiyatining Vladimir elektr-motor zavodi bilan birga 5A seriyadagi (quvvati 0,55-315 kVt) asinxron motorlarni ishlab chiqarmoqda; 6A seriyasi esa foydalanishga tayyorlanmokda.
2.Transformatorlarning ishlatilishi - Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining barcha sohalarida turli xil elektr mashinalari, transformatorlar va boshqa elektr asbob-uskunalari ishlatilmokda. Elektr mashinalari va transformatorlar ma'lum quvvatga mo’ljallab tayyorlanadi. Bu quvvat mashina ishlaganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori bilan aniqlanadi. Har bir elektr mashinasi, transformator yoki boshqa elektr asbobining pasportida ularning normal shartda ishlashini xarakterlovchi kattaliklarning nominal qiymatlari, masalan, nominal quvvati, nominal kuchlanishi, nominal toki va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi.
- Amalda ishlatiladigan elektr asbob-uskunalarining nominal kuchlanishi 6 V, 12 V, 24 V, 36 V, 127 V, 220 V, 380 V, 660 V, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV va boshqalarga teng bo’lishi mumkin. Ko’pgina shaharlarda past kuchlanishli elektr tarmog'ining kuchlanishi U= 220 V ga teng. Ba'zan kuchlanishi 127 V bo’lgan iste'molchini kuchlanishi 220 V bo’lgan elektr tarmog'iga ulab ishlatish kerak bo’lib qoladi. Bunday iste'molchini 220 V li elektr tarmog'iga to’g'ridan-to’g'ri ulash mumkin emas; bu holda uni elektr tarmog'iga kuchlanishni pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi (1-rasm).
- O’zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini o’zgartirib beruvchi statik elektromagnit apparat transformator deyiladi.
- Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini ma'lum masofaga uzatishda (kuchlanishni oshirish uchun) va uni iste'molchilar orasida taqsimlashda (yuqori kuchlanishni pasaytirish uchun) transformatorlar keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |