Тransformatorlarni parallel ishlatish. Ishning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
ТRANSFORMATORLARNI PARALLEL ISHLATISH.
ТRANSFORMATORLARNI PARALLEL ISHLATISH. Ishning maqsadi. Kuch transformatorlarini parallel ulash shartlari va parallel ishlatish bilan tanishish. Umumiy ma’lumotlar Parallel ishlatishda transformatorlarning cho’lg’amlarining (birlamchi va ikkilamchi) chiqishlarini bir xil nomli fazalari o’zaro ulanadi. Agar transformatorlarning cho’lg’amlarining faqat bir tomoni fazalari o’zaro ulangan bo’lsa u holda bu transformatorlar birgalikda, ammo, parallel bo’lmagan xolda ishlaydi. Тransformatorlarning parallel holda normal ishlashi ularning tenglovchi toklari bo’lmaganligi bilan xarakterlanadi. Тransformatorlarning yuklama toklari bir xil bo’ladi. Agar transformatorlarning transformatsiya koeffitsiyentlari har xil bo’lsa, tenglovchi qo’shimcha tok yuzaga keladi va bir transformatorni ortiqcha yuklaydi ikkinchisini yuksizlantiradi. Har xil uk % da transformator yuklamasi unga teskari proporsional bo’lib, umumiy yuklama parallel ishlayotgan transformatorlar orasida taqsimlanadi. Bu yuklama transformatorlarning quvvatiga to’g’ri proporsional va qisqa tutashuv kuchlanishiga (uk) teskari proporsional bo’ladi. Тransformatorlarni parallel ishlatish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 1.Тransformatorlarning transformatsiya koeffitsiyenti bir xil va birlamchi va ikkilamchi liniya kuchlanishlari o’zaro teng. 2. kisqa tutashuv kuchlanishlari (uk) teng bo’lishi kerak. 3. Тransformatorlarning cho’lg’amlarining ulanish guruhi bir xil va o’zaro parallel ulangan cho’lg’amlarning EYuK (l) vektorlari siljishi bir xil bo’lishi shart. 4. kuvvatlarini farqi ko’pi bilan 30% gacha farq qilish mumkin. Har xil guruhli ulangan transformatorlar parallel ishlatilganda ularda tenglashtiruvchi tok 8-20 barobar nominal tokdan oshib ketadi. Bu tok transformator qisqa tutashuv tokiga tenglasha oladi. Bunday transformatorlarni parallel ishlatish mumkin emas. Тransfomatorlarni parallel ishlatish uchun ularni bir xil fazalarini topish kerak. 1.1-jadval
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling