Transformatorning tuzilishi
Download 3.78 Mb.
|
Transformatorning tuzilish1
4-mavzu. Tashqi tavsifi.
Transformator yuklanishining tebranishida uning ikkilamchi kuchlanishi o‘zgaradi. Bunga iqror bo‘lish uchun transformatorning soddalashtirilgan sxemasidan foydalanish mumkin (1.37-rasm), unga ko‘ra . Yuklanish miqdori yu.i. rejimidan to nominal tokkacha ortganda kuchlanishning o‘zgarishi transformatorning muhim tavsiflaridan biridir va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi (1.67) Kuchlanish o‘zgarishi ni aniqlash uchun transformatorning soddalashtirilgan vektor diagrammasidan foydalanamiz, uning uchun quyidagi qo‘shimcha chiziqlar o‘tkazamiz (1.37-rasm). A nuqtadan vektor yo‘nalishiga perpendikulyar o‘tkazamiz va D nuqtani hosil qilamiz. Ma’lum farazlar qilib, ya’ni kesma o‘rniga
bunda , unda (1.68.) Ikkilamchi kuchlanish (1.67) ni (1.68) e’tiborga olib o‘zgartirsak quyidagi shaklga keladi (1.69) Quyidagi almashtirishlar qilamiz (Uk.a./U1nom)100=Uk.a.; (Uk.p./U1nom)100=Uk.p., u holda yuklanish ortganida transformator ikkilamchi kuchlanishining o‘zgarish ifodasi bunday yoziladi (1.70) Ifoda (1.70) transformator ikkilamchi chulg‘amining faqat nominal yuklanishdagi kuchlanishlar pasayuvini aniqlash imkonini beradi. Ikkilamchi chulg‘am kuchlanish pasayuvining ixtiyoriy yuklanishdagi qiymatini hisoblash uchun (1.70) ifodaga yuklanish koeffitsienti ni kiritish zarur bo‘ladi (1.71) 1.38-rasm. ning yuklanish miqdori (a) va yuk quvvati koeffitsientiga boq’liqligi (b) Ifoda (1.71) dan shu ma’lum bo‘ladiki, ikkilamchi kuchlanish pasayuvi na faqat transformator yuklanishi ( ) qiymatiga, balki yuklanish xarakteriga ham bog‘liq ekan. 1.38,a-rasmda cos2 = const bo‘lgandagi grafigi va 1.38,b-rasmda esa = const bo‘lgandagi funksiyaning grafigi keltirilgan. Bu grafikda ning manfiy qiymatlari transformatorning yu.i. rejimidan sig‘imli yuklanishlariga o‘tgandagi kuchlanishning kuchayishiga mos keladi. Quyidagi bog‘lanishlarni va nazarda tutib, yuklanishning ixtiyoriy o‘zgarishidagi ikkilamchi chulg‘am kuchlanishini hisoblashning yana bir usulini hosil qilamiz (1.72) 1.39-rasm. Transformator tashqi tavsifi Ushbu ifoda (1.72) dan shu ma’lum bo‘ladiki, kuchlanish o‘zgarishining eng katta qiymati faza burchaklarining teng bo‘lganda erishiladi, unda Transformator ikkilamchi kuchlanishi ning yuklanish toki ga bog‘liqligi tashqi tavsif deyiladi. Shuni eslatish zarurki, kuchli transformatorlar ikkilamchi chulg‘ami klemmalarida nominal kuchlanish deb yu.i. rejimida birlamchi chulg‘am kuchlanishi bo‘lgandagi qiymatiga aytiladi. Tashqi tavsifning ko‘rinishi (1.39-rasm) transformator yuklanish xarakteri (cos2)ga bog‘liq. Transformatorning tashqi tavsifini va ning xar hil qiymatlari uchun (1.72)dan aniqlash mumkin. Misol 1.6. Berilgan qiymatlari yuqoridagi (§1.11) misollarda keltiril-gan transformator nominal yuklanishi (=1) va quvvat koeffitsienti ikki xil aktiv-induktiv va aktiv-sig‘im yuklanish xarakteri uchun ikkilamchi kuchlanish pasayuvini hisoblang. Echish. Misol 1.5 ni echishdan ma’lumki, uk75 =5,4%; cosφk75=0,4; sinφk75 =0,92. Ifoda (1.72) dan cosφ2=0,8 va sinφ2=0,6 bo‘lganda quyidagini hosil qilamiz: aktiv-induktiv yuklanish uchun ∆U=5,4(0,4•0,8+0,92•0,6)=4,65%; aktiv-sig‘im yuklanish uchun ∆U=5,4[0,4•0,8+0,92•(-0,6)]=-1,2%. Hisoblashlarning β=0÷1,2 dagi tahlil natijasida yuklanish xarakteri 0,7; 0,8; 0,9 va 1,0 uchun zarur qiymatlarni hosil qilamiz va 1.38,a-rasmdagi grafikni chizamiz. Kuchlanish eng ko‘p o‘zgarishi aktiv-induktiv cosφ2 = cosφk75 = 0,4 xarakterli va yuklanish koeffitsienti β = 1ga mos kelayapti ∆U tax = uk75= 5,4% (1.38,6-rasmga qarang). Download 3.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling