Transformatsiya


Download 41.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.01.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1086810
Bog'liq
Transformatsiya - Vikipediya



Transformatsiya
Transformatsiya (lot. transformatio — qayta oʻzgarish, qayta hosil boʻlish) (genetikada) —
hujayraga yot DNK kirishi natijasida uning irsiy xususiyatlari oʻzgarishi; prokariotlarda genetik
material almashinish usullaridan biri. Birinchi marta ingliz olimi F. Griffit (1928)
pnevmokokklarda kashf etgan. F. Griffit patogen pnevmokokklarni qizdirib oʻldirganda ular
sichqonlarni zararlamasligini, lekin bakteriyalarni patogenlik xususiyatiga ega boʻlmagan tirik
bakteriyalar bilan birga sichqonlarga yuborilganda nopatogen bakteriyalar patogenlik
xususiyatiga ega boʻlishini aniqlagan. AQSH olimi O. Eyveri va uning xodimlari (1944)
nopatogen bakteriyalar patogen boʻlib qolishi (transformatsiyalanishi)ning sababi patogen
bakteriya shtammidan ajralgan DNK bilan bogʻliq ekanligini aniqladi. T. keyinchalik har xil
turkum va turlarga mansub bakteriyalar — streptokokk, gemofill bakteriyalar, pichan
tayoqchasi va boshqalarda aniqlangan. T. hodisasi kompetentlik xususiyatiga ega boʻlgan
ayrim hujayralar bilan bogʻliq (hujayraning yot DNK ni bogʻlash xususiyati maxsus oqsil
molekulasi sintezlanishi bilan tushuntiriladi). Transformatsiyalaydigan DNKning mol. massasi
300000 dan kam boʻlmasligi, 2 spiralli va kimyoviy toza boʻlishi lozim. Hujayraga donor DNK
sining bir boʻlagi oʻtib, hujayra xromosomasi bilan rekombinatsiyalanadi va uning xossasini
oʻzgartiradi.
T.dan bakteriyalarni genetik analiz qilishda va genetik injeneriya sohasidagi tajribalarda
foydalaniladi. T. jarayonining kashf etilishi va oʻrganilishi natijasida DNKirsiyatning moddiy
asosi ekanligi aniqlandi. T.dan eukariot hujayralarga yot DNK ni kiritishda ham foydalaniladi
(yana qarang 
Genetik injeneriya
).
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Transformatsiya&oldid=2860
782
" dan olindi

Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling