Transkriptomika, transkripsiya faktorlari, oqsillar polimorfizmi, oqsil folding, molekulyar shaperonlar, genomning regulyator, transkripsiya, translyasiya qismlari


Download 42.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi42.98 Kb.
#1394075
  1   2   3
Bog'liq
ISMOILOV TURDUMUROD11



Transkriptomika, transkripsiya faktorlari, oqsillar polimorfizmi, 
oqsil folding, molekulyar shaperonlar, genomning regulyator
transkripsiya, translyasiya qismlari 
Translyatsiya (biologiyada) - genetik kodga binoan, informatsion 
RNK asosida oqsil polipeptid zanjirlari sintezi; tirik qujayralarda irsiy 
axborot amalga oshirilishining 2bosqichi. T. jarayonida iRNK 
molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tarzida yozilgan oqsil molekulasi 
toʻgʻrisidagi axborot nukleotidlar kodidan sintezlanadigan oqsil 
molekulasidagi aminokislotalarning muayyan ketma-ketligi holatiga 
oʻtkaziladi. Boshqacha qilib aytganda, iRNKdagi axborot nukleotidlar 
tilidan aminokislotalar tiliga oʻtkaziladi. T.da i RNK dan tashqari 
ribosomalar, transport RNK (tRNK), oqsillarning aminoatsil—
tRNKsintetaza, initsiatsiya (boshlovchi), elongatsiya (polipeptidni davom 
ettiruvchi), terminatsiya (tamomlovchi) va boshqa omillardan iborat 
murakkab makromolekulyar kompleks ishtirok etadi. Aminokislotalarni 
RNK ribosomalarga olib boradi. T.ning initsiatsiya bosqichida 
ribosomaning kichik subbirligi, tRNK va initsiatsiya omili iRNK dagi 
kodoninitsiatorni tanib oladi. Shundan soʻng ribosomaning katta 
subbirligi qoʻshilib, oqsil sintezi boshlanadi. Bu sintez 3 bosqich: tRNK 


ning qoʻshilishi, peptid bogʻ hosil boʻlishi va ribosomalarning 3 
nukleotidga siljishi — translokatsiya orqali boradi; shundan soʻng barcha 
sikl 
yana 
takrorlanadi. 
Kodonterminatorlarni 
tanib 
olishda 
terminatsiyaning oqsil omillari polipeptid zanjirining ribosomadan 
ajralishini katalizlaydi. Oksil sintezida iRNK poliribosoma tarkibiga 
kiradi. Har bir poliribosomada bir vaqtning oʻzida 100 tagacha 
ribosomalar sintezni olib boradi. Prokariotlarda poliribosomalar 
transkripsiya davrida i RNK da (DNKdan ajralmasdan oldin) qosil 
boʻladi. 
Eukariotlarda 
oqsil 
sintezi 
sitoplazmada 
boradi. 

Download 42.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling