Transmilliy kompaniyalarda rejalashtirish
Download 71.82 Kb.
|
1-2-3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyushgan kompaniya
Sho’ba kompaniyalar – bu qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib) ro’yxatdan o’tgan, lekin uning ustidan nazoratni aksiyalarning kontrol paketiga yoki sho’ba kompaniyaning butun kapitaliga egalik qiluvchi va bu korxona boshliqlarini tayinlovchi bosh kompaniya amalga oshiradigan TMK tizimiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi.
Uyushgan kompaniya – bu bosh kompaniya aksiyalarining 10-50%ga egalik qiluvchi TMK tizimiga kirgan qabul qiluvchi mamlakatdagi korxona hisoblanadi. Bu korxona bosh kompaniyaning nazoratida emas, balki ta’siri ostida bo’ladi. Ba’zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu holatda internatsionallashtirishning birinchi bosqichi bo’lib odatda kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So’ngra tashqi savdo bitimlari, keyingi bosqich – xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy-texnik aloqalarining kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Muomalalar hajmining o’sishi natijasida vakolatxona bosqichma-bosqich sho’ba kompaniyasi va keyin uyushgan kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji global masshtabdagi biznesga ega xalqaro korxonaning shakllanishiga olib keladi. Yuqorida aytib o’tilgan milliy kompaniyaning TMK sari yo’lini ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun odatiy bo’lgan tashkiliy qayta shakllanish zanjiri sifatida quyidagicha tasavvur qilish mumkin, ya’ni eksport – texnologiyalar bilan almashinuv – qabul qiluvchi mamlakatdagi vakolatxona – sho’ba kompaniyasi – uyushgan kompaniya – global masshtabdagi biznesga ega xalqaro kompaniya. Kompaniya millati haqidagi masalalar bankrotlik, soliqqa tortish, antimonopol qonunchilikni qo’llash va bir qator boshqa holatlarda ham yuzaga keladi. Ko’pchilik soliqqa tortish huquqiy tizimiga ko’ra har bir kompaniya qardosh firmalar bilan aloqalaridan qat’i nazar alohida soliqqa tortiladi. Bunda ikki marotaba soliqqa tortmaslik uchun bosh kompaniya qardosh korxona bilan ularga texnologiyalarni, nou-xaularni berish, patentlardan, konstruktorlik ishlanmalaridan, savdo markalaridan, ITTKI natijalaridan (agar ITTKI tijorat daromadi keltirsa, ular soliqqa tortiladi) foydalanish sohasida kelishib olishlari zarur. Qabul qiluvchi mamlakat soliq organlarining bosh kompaniya va uning xorijiy filiallari orasidagi munosabatlarni bilishi qabul qilayotgan mamlakatning soliq deklaratsiyasida TMK filiallari tomonidan ko’rsatilayotgan daromadlar hajmining to’g’riligini nazorat qilish imkonini beradi. 90-yillarda yirik TMKlar tomonidan qabul qiluvchi mamlakat soliq qonunchiligining qo’pol buzilganligi kuzatilgan. Masalan, 90-yillar o’rtalarida Yaponiya soliq organlari “Koka-kola” kompaniyasi filialiga bosh kompaniya hisobiga haddan tashqari ko’p litsenziyalangan pullarni o’tkazgani, shunga ko’ra soliq deklaratsiyasida filial foydasi past ko’rsatilgani uchun 15 mlrd. iena miqdorida jarima solgan. Shu vaqtning o’zida “Nissan” yapon mashinasozlik kompaniyasi AQSh soliq boshqarmasiga 17 mlrd. iena miqdorida jarima to’lagan, chunki u o’z foydasining bir qismini Yaponiyadagi bosh kompaniya hisobiga o’tkazib yuborish evaziga Amerika solig’ini chetlab o’tishga muvaffaq bo’lgandi. Antimonopol qonunchilik qo’llanilgan holatlarda ko’p mamlakatlar sudi birlashmagan bozor qudratini aniqlashda korxonalarning iqtisodiy birligini (qardoshligi) ko’zda tutadi. Bu yerda ko’pgina TMKlarning huquqiy maslahatlar, ITTKI, moliya, buxgalteriya, bir yoki bir nechta xalqaro markazlarda dasturlashtirish kabi TMKning butun tizimiga xizmat ko’rsatadigan vazifalarni markazlashtirishi e’tiborga olinadi. Kompaniya millati sud yoki arbitrajda bosh kompaniyaning ekologik jihatdan zararli texnologiyalar yoki nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb qilinganligi darajasi ko’rib chiqilayotganda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda sud hukmiga huquqiy tomondan tashqari ma’naviy masala ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, hammaga ma’lum bo’lgan Bxopal (Hindiston)dagi kimyo zavodida insonlarning ommaviy zaharlanishiga “Yunion karbayt” kompaniyasining texnologiyasidan foydalanilishi sabab bo’lgan va u sudda Hindiston tomoni oldida ma’naviy javobgarligini tan olib, zarar ko’rgan oilalar xarajatlarini qoplash majburiyatlarini o’z bo’yniga olgan. TMK millatini va uning chet el filiallari bilan aloqasini aniqlashdagi qiyinchiliklar bu aloqalarning ko’p uchraydigan ko’pdarajaliligi bilan tushuntiriladi. Masalan, o’yinchoqlar tayyorlaydigan yirik “Mattel” (AQSh) korporatsiyasi butun dunyo bo’yicha 39 qardosh kompaniyasiga egadir, bulardan 26 tasi bosh kompaniyaning bevosita mulki va 13 tasi esa “Mattel” korporatsiyasining chet el filiallariga tegishlidir (1-jadval).
Download 71.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling