Transmilliy kompaniyalarda rejalashtirish
Xalqaro kompaniyalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi
Download 71.82 Kb.
|
1-2-3-maruza
Xalqaro kompaniyalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi (5-rasm):
Gorizontal Vertikal Diversifikatsion Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin. TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonini: bir mamlakatda xom ashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarim tayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig’ishni yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini qondirishga butun e’tiborni qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja bo’yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish muomalalarida texnik darajani oshirish imkonini ko’zda tutadi. Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan hududiy ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o’zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jixatdan bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Download 71.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling